Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Olmaliq davlat texnika instituti Xitoyning Henan Polyteçnic University universiteti va “Nişboş” kömir koni bilan hamkorlikni rivojlantirmoqda. Hamkorlik dual ta’lim doirasida muhandislik-texnika mutaxassislarini tayyorlaşga qaratilgan.
Hamkorlik natijalaridan biri uç tomonlama özaro anglaşuv memorandumining imzolanişi böldi. Hujjat kömir resurslarini özlaştiriş va ulardan foydalaniş böyiça qöşma Xitoy-Özbekiston laboratoriyasini taşkil etiş, ilmiy tadqiqotlar ötkaziş va ularning natijalarini işlab çiqarişga joriy etişni nazarda tutadi.
Hamkorlik konçilik, sanoat xavfsizligi va atrof-muhitni muhofaza qiliş sohalarida malakali kadrlar tayyorlaşni ham qamrab oladi.
Sanoatning zamonaviy texnologiyalar va avtomatlaştirilgan boşqaruv tizimlari bilan işlay oladigan mutaxassislarga ehtiyoji ortib borayotgan bir şaroitda dual ta’limni rivojlantiriş alohida ahamiyat kasb etmoqda. Uşbu ta’lim modeli nazariy tayyorgarlikni bevosita işlab çiqarişdagi amaliy maşğulotlar bilan uyğunlaştirişni nazarda tutadi.
Özbekistonda dual ta’limni rivojlantirişning huquqiy asoslari 2020 yil 23 sentyabrdagi ÖRQ-637-sonli «Ta’lim töğrisida»gi qonunda, şuningdek, Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 29 martdagi 163-sonli va 2025 yil 16 yanvardagi 14-sonli qarorlarida belgilangan.
Uşbu ta’lim modelini amaliyotga tatbiq etiş yönalişlaridan biri institutning Angren şahrida joylaşgan “Nişboş” kömir koni bilan hamkorligidir. Korxonada Xitoy texnologiyalari, zamonaviy konçilik uskunalari, konveyer tizimlari va avtomatlaştirilgan boşqaruvdan foydalangan holda kömirni yer osti usulida qazib oliş loyihalari amalga oşirilmoqda.
Işlab çiqariş jarayonlarida sanoat xavfsizligini ta’minlaş mexanizmlarini joriy etiş ham nazarda tutilgan.
Buning natijasida talabalar kömir sanoatida qöllanilayotgan zamonaviy texnologiyalar bilan bevosita korxonaning özida tanişiş imkoniga ega böladi.
Kelgusida tomonlar “Nişboş” koni hududida Olmaliq davlat texnika instituti kampusini taşkil etiş imkoniyatini ham körib çiqmoqda. Loyiha öquv auditoriyalari, laboratoriyalar va amaliy maşğulotlar maydonçalarini taşkil etiş, şuningdek, talabalarning yaşaşi uçun şaroit yaratişni nazarda tutadi.
Bunday infratuzilma talabalarga nazariy bilimlarini işlab çiqariş muhitidagi amaliyot bilan uyğunlaştiriş, korxona mutaxassislari bilan hamkorlik qiliş va öqiş davrida kasbiy tajriba orttiriş imkonini beradi.
Öqituvçilar va tadqiqotçilar uçun esa kampus işlab çiqarişdagi dolzarb vazifalarni örganiş hamda konçilik sanoati ehtiyojlarini hisobga olgan holda yeçimlar işlab çiqiş maydoniga aylanişi mumkin.
Dual ta’lim modeli iş beruvçilar va ta’lim muassasalari örtasidagi hamkorlikni mustahkamlaşga ham xizmat qiladi.
Ta’lim davridayoq amaliy könikmalarni egallaş bitiruvçilarning kasbiy faoliyatga yaxşiroq tayyorlanişiga, korxonalarga esa öz ehtiyojlarini hisobga olgan holda kadrlar salohiyatini şakllantirişga imkon beradi.
Olmaliq davlat texnika instituti, “Nişboş” koni va Henan Polyteçnic University örtasidagi hamkorlik ta’lim, ilm-fan va işlab çiqariş imkoniyatlarini birlaştirişga qaratilgan.
Qöşma faoliyat mutaxassislar tayyorlaş va ilmiy işlanmalarni sanoatga joriy etiş uçun xalqaro tajribadan foydalanişni nazarda tutadi.