7
Özbekiston

Özbekistonda mahbus ayollarning farzandlari uçun markazlar oçiladi

Özbekistonda mahbus ayollarning farzandlari uçun markazlar oçiladi
Özbekistonda mahbus ayollarning farzandlari uçun markazlar oçiladi / Foto: Özbekiston bolalar ombudsmanlarining rasmiy Telegram kanali.

Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekistonda 2026 yil 1 dekabrdan jazoni ijro etiş muassasalarida jazo ötayotgan ayollarning farzandlari uçun ona va bola markazlari taşkil etiladi. Bu haqda «Huquqiy axborot» huquqiy axborot kanali xabar berdi.

Uşbu çora-tadbirlar Prezidentning 2026 yil 12 noyabrda imzolangan PQ-395-son qarorida nazarda tutilgan. Hujjat mahkum ayollarning farzandlarini maktabgaça ta’lim xizmatlari bilan qamrab oliş darajasini kengaytirişga qaratilgan.

Uç yoşgaça bölgan bolalar uçun markazlar 21-son jazoni ijro etiş muassasasi va 42-son manzil-koloniya huzurida oçiladi. 21-son muassasada markaz amaldagi Bolalar uyi negizida taşkil etiladi.

Yangi markazlarda bolalarning yaşaşi va ularga keça-yu kunduz parvariş körsatilişi ta’minlanadi. Şuningdek, ularning jismoniy va intellektual rivojlanişi uçun zarur şaroitlar yaratiladi.

Bolalar oziq-ovqat va kiyim-keçak bilan ta’minlanadi. Ular uçun öz vaqtida tibbiy köriklar va emlaş tadbirlari taşkil etiladi.

Qaror jazo ötayotgan ayollarning farzandlariga maktabgaça ta’lim xizmatlarini körsatiş tizimini takomillaştirişni nazarda tutadi. Hujjat qoidalari bolalarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta’minlaş, şuningdek, ularning salomatligi va xavfsizligini muhofaza qilişga qaratilgan.

 

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.