Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar institutida (MHTI) Navoiy viloyatida maşinasozlik sohasini rivojlantiriş istiqbollari muhokama qilindi.
Davra suhbati «Mehnat unumdorligidan Yevropa ta’minot zanjirlarigaça: Navoiy viloyati maşinasozlik sanoatini rivojlantiriş yöl xaritasi» mavzusida ötkazildi. Bu haqda MHTI xabar berdi.
Muhokamada işlab çiqariş texnologiyalari sohasidagi yetakçi ilmiy-tadqiqot institutlaridan biri bölgan Germaniyaning Fraunhofer IPK vakillari iştirok etdi. Şuningdek, tadbirda xalqaro ekspertlar, mahalliy sanoat korxonalari, tegişli idoralar va oliy ta’lim muassasalari vakillari qatnaşdi.
Iştirokçilar sanoat korxonalarida mehnat unumdorligini oşiriş va avtomobil butlovçi qismlari işlab çiqarişni mahalliylaştiriş masalalarini muhokama qildi. Şuningdek, xalqaro sifat standartlarini joriy etiş, işlab çiqariş jarayonlarini takomillaştiriş va malakali muhandislarni tayyorlaş masalalariga ham e’tibor qaratildi.
Navoiy viloyatining sanoat salohiyatini kengaytiriş, mahalliy maşinasozlik korxonalari va işlab çiqariş kooperatsiyasini rivojlantiriş, şuningdek, xorijiy texnologik hamkorlarni jalb qiliş masalalari alohida muhokama qilindi.
Yana bir mavzu Germaniyaning sanoat işlab çiqarişini taşkil etiş borasidagi tajribasini qöllaş böldi. Iştirokçilar ilm-fan, ta’lim va biznes örtasidagi aloqalarni mustahkamlaş, şuningdek, mahalliy korxonalarni xalqaro, jumladan, Yevropa ta’minot zanjirlarida işlaşga tayyorlaş haqida fikr almaşdi.
Davra suhbatida ta’kidlanganidek, maşinasozlikni rivojlantiriş kompleks yondaşuvni talab qiladi. Bu amaldagi işlab çiqariş quvvatlari samaradorligini oşiriş, mahalliy yetkazib beruvçilar bazasini kengaytiriş, zamonaviy texnologiyalarni joriy etiş va kadrlar salohiyatini mustahkamlaşni öz içiga oladi.
Tadbir yakunida iştirokçilar hamkorlikning istiqbolli yönalişlari va Navoiy viloyatida maşinasozlik sohasini yana-da rivojlantiriş masalalari yuzasidan fikr almaşdi.