Valyuta kurslari 04/10/2024
$1 – 12741.02
UZS – -0,13%
€1 – 14062.26
UZS – -0,45%
₽1 – 134.38
UZS – -0,5%
Qidirish
O‘zbekiston 29/08/2024 Koreya Respublikasi Adliya vazirligining Migratsiya xizmati vakillari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi

Koreya Respublikasi Adliya vazirligining Migratsiya xizmati vakillari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Bugun, 29-avgust kuni adliya vaziri oʻrinbosari M.Ikramov Koreya Respublikasi Adliya vazirligining Migratsiya xizmati Immigratsiyani rejalashtirish departamenti bosh direktori Kim Jeong-Do boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Uchrashuv boshida tomonlar Oʻzbekiston – Koreya adliya va huquq sohasidagi uzoq yillik hamkorlik masalalariga toʻxtalib oʻtib, amalga oshirilgan tadbirlar va erishilgan natijalarni muhokama qildi.

Migratsiya xizmati vakillariga mamlakatimizda fuqarolarning shaxsiy maʼlumotlariga oid hujjatlarni olish tartibi, fuqarolik holati yozuvlarini taqdim etish, ularning haqqoniyligini tekshirish hamda apostil qoʻyish bilan bogʻliq rasmiy jarayonlar toʻgʻrisida atroflicha maʼlumot berildi.

Kim Jeong-Do janoblari Oʻzbekistonda mazkur jarayonlar toʻliq raqamlashtirilganligini yuksak baholab, koʻplab inson resurslari, mablagʻlar va, eng asosiysi, vaqt tejalishi, buning oqibatida fuqarolarning ogʻiri yengil boʻlishini taʼkidlab oʻtdi.

Shu bilan birga, uchrashuvda ayrim fuqarolar tomonidan Koreya Respublikasiga kirish vizalarini olish uchun taqdim etilayotgan hujjatlarni soxtalashtirish holatlari kuzatilayotganligi maʼlum qilindi.

Tomonlar mazkur holatlarni oldini olish boʻyicha aniq chora-tadbirlar belgilash va oʻzaro maʼlumot almashish tizimini yoʻlga qoʻyishga kelishib olishdi.
 

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling