Ixtiroga patent berish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatish tartibi belgilandi
Ixtiroga patent berish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatish tartibi belgilandi
Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Hukumat qarori bilan “Ixtiroga patent berish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatish”ning maʼmuriy reglamenti tasdiqlandi.
Mazkur reglament ixtiroga patent berish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatish tartibini belgilaydi.
Reglamentga ko‘ra, davlat xizmati Adliya vazirligi tomonidan ko‘rsatiladi.
Ixtiro texnika taraqqiyoti darajasidan maʼlum bo‘lmasa, yangi deb hisoblanadi.
Ixtirodan sanoat, qishloq xo‘jaligi, sog‘liqni saqlash va boshqa sohalarda foydalanish mumkin bo‘lsa, u sanoatda qo‘llash mumkin deb hisoblanadi.
Ixtiro sifatida mahsulotga qurilma, modda, mikroorganizm shtammi, o‘simlik yoki hayvon hujayralarining turlari kiradi.
Davlat xizmatidan foydalanishda:
rezidentlar Davlat xizmatlari markazi, vakolatli organning maxsus axborot tizimi (axborot tizimi), YAIDXP orqali;
norezidentlar davlat xizmatidan foydalanish uchun axborot tizimi orqali vakolatli organga talabnoma topshiradi.
Talabnoma 1 ta ixtiroga yoki yagona ixtirochilik fikrini tashkil etgan tarzda bir-biri bilan uzviy bog‘langan ixtirolar guruhiga taalluqli bo‘lishi kerak.
So‘rovnoma, xabarnoma, davlat ekspertizasi qarorlari va ixtiroga beriladigan patent QR-kod qo‘yish bilan tasdiqlanib yuboriladi.