Haydarov Osiyo o‘yinlarida O‘zbekiston U23 terma jamoasi tarkibini eʼlon qildi
Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston U23 futbol terma jamoasi bosh murabbiyi Ravshan Haydarov Aichi-Nagoya-2026 yozgi Osiyo o‘yinlarida ishtirok etadigan jamoa tarkibini eʼlon qildi.
O‘zbekistonlik futbolchilar guruh bosqichidagi birinchi uchrashuvini 15 sentyabr kuni guruhdagi raqiblaridan biri — Filippin, Quvayt yoki Vyetnam terma jamoasiga qarshi o‘tkazadi.
Terma jamoaning darvozabonlar safidan “Nasaf”dan Samandar Muratbayev, “Paxtakor”dan Maksim Murkayev va «Olimpik Mobiuz»dan Umar Rustamov o‘rin oldi.
Himoya chizig‘iga “Qizilqum”dan G‘iyosjon Rizaqulov, “Nasaf”dan Dilshod Murtazoyev, Quvonchbek Xushvaqtov va Diyorbek Abdunazarov, “Paxtakor”dan Dilshod Abdullayev, shuningdek, «Olimpik Mobiuz»dan Ro‘ziboy Fayzullayev va Saidxon Hamidov jalb etildi.
Yarim himoya chizig‘ida Ravshan Hayrullayev (“Buxoro”), Muhammadali Reymov (“Lokomotiv”), Saidumarxon Saidnurullayev (“Metallurg”), Sardor Bahromov (“Nasaf”), Ollobergan Karimov (“So‘g‘diyona”), Azizbek To‘lqunbekov (“Bunyodkor”), Oybek Urmonjonov (“Dinamo”), Asilbek Jo‘mayev (“Neftchi”) va Belgiyaning “Antverpen” klubida to‘p tepayotgan Muhammadali O‘rinboyev harakat qiladi.
Hujum chizig‘iga “Lokomotiv”dan Shodiyor Shodiboyev va Nurlan Ibraimov, “Dinamo”dan Firdavs Abdurahmonov, shuningdek, “So‘g‘diyona”dan Amirbek Saidov kiritildi.
Osiyo o‘yinlarining guruh bosqichida O‘zbekiston U23 terma jamoasi Filippin, Quvayt va Vyetnam terma jamoalariga qarshi maydonga tushadi.
Terma jamoa musobaqadagi birinchi uchrashuvini 15 sentyabr kuni o‘tkazadi.