O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
O‘zbekiston

Gruziya Bosh vaziri O‘zbekistonga tashrif buyurdi

Dilafro'z Niyazova · 04.03.2025 · 20:25 · 520 views
Gruziya Bosh vaziri O‘zbekistonga tashrif buyurdi
Gruziya Bosh vaziri O‘zbekistonga tashrif buyurdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Gruziya Bosh vaziri Irakliy Kobaxidze bugun, 4 mart kuni rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keldi.

Toshkent xalqaro aeroportida yuqori martabali mehmonni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldilar.

Avvalroq, tashrif doirasida qator ikki tomonlama uchrashuvlar, qo‘shma hukumatlararo komissiya majlisi, sanoat korxonalari faoliyati bilan tanishish va boshqa rasmiy tadbirlar rejalashtirilgani maʼlum qilingan edi.