Fargʻona viloyati Xitoy bilan investitsiya hamkorligini kengaytirmoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Farg‘ona viloyati hokimining o‘rinbosari Nuriddin Mamajonov boshchiligidagi delegatsiya Xitoy Xalq Respublikasida bo‘lib, ikki tomonlama savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni yana-da rivojlantirishga qaratilgan qator uchrashuvlar o‘tkazdi.
Tashrif doirasida yangi investitsiya loyihalarini amalga oshirish, sanoat kooperatsiyasini kengaytirish, tashqi savdo aloqalarini mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.
Xitoyning Sinszyan Xenan Savdo palatasida o‘tkazilgan davra suhbatida xitoylik tadbirkorlar ishtirokida hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari ko‘rib chiqildi. Uchrashuvda Farg‘ona viloyatining investitsion salohiyati, qulay biznes muhiti va ustuvor iqtisodiy tarmoqlari bo‘yicha taqdimot o‘tkazilib, ikki hudud imkoniyatlaridan kelib chiqib o‘zaro manfaatli loyihalarni amalga oshirish muhimligi taʼkidlandi.
Xenan Savdo palatasi rahbari Chen Huai Liang bilan hamkorlik memorandumi imzolandi.
Shuningdek, "Shinjon Zhouhua" xalqaro elektron tijorat sanoat parkida bo‘lib o‘tgan muzokaralarda tashqi savdo sohasidagi hamkorlikni kengaytirish, avtomobilsozlik, ehtiyot qismlar ishlab chiqarish va texnik xizmat ko‘rsatish yo‘nalishlarida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
Farg‘ona viloyatida xalqaro elektron tijorat sanoat parkini tashkil etish imkoniyatlariga eʼtibor qaratildi.
Delegatsiyaning Shinjon provinsiyasi hududiga tashrifi doirasida yirik xalqaro qurilish kompaniyasi — “Xia Jiang Zhong Ya Qu Yu Zong Bu” rahbariyati bilan ham uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda sog‘liqni saqlash muassasalari, ijtimoiy obyektlar, turizm infratuzilmasi, pulli avtomobil yo‘llari hamda “Yangi O‘zbekiston” massivlarida zamonaviy uy-joylar qurilishi sohalarida hamkorlik qilish bo‘yicha dastlabki kelishuvlarga erishildi.
Joriy yil may oyi oxirida Xitoy kompaniyasi rahbariyati va mutaxassislaridan iborat delegatsiyaning Farg‘ona viloyatiga tashrifini tashkil etishga kelishib oldilar. Tashrif davomida istiqbolli loyihalarni joyida o‘rganish va hamkorlikning keyingi bosqichlarini belgilash rejalashtirilgan.Viloyat hokimining o‘rinbosari Nuriddin Mamajonov boshchiligidagi delegatsiya Xitoy Xalq Respublikasida bo‘lib, ikki tomonlama savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni yana-da rivojlantirishga qaratilgan qator uchrashuvlar o‘tkazdi.
Tashrif doirasida yangi investitsiya loyihalarini amalga oshirish, sanoat kooperatsiyasini kengaytirish, tashqi savdo aloqalarini mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.
Xitoyning Sinszyan Xenan Savdo palatasida o‘tkazilgan davra suhbatida xitoylik tadbirkorlar ishtirokida hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari ko‘rib chiqildi. Uchrashuvda Farg‘ona viloyatining investitsion salohiyati, qulay biznes muhiti va ustuvor iqtisodiy tarmoqlari bo‘yicha taqdimot o‘tkazilib, ikki hudud imkoniyatlaridan kelib chiqib o‘zaro manfaatli loyihalarni amalga oshirish muhimligi taʼkidlandi.
Xenan Savdo palatasi rahbari Chen Huai Liang bilan hamkorlik memorandumi imzolandi.
Shuningdek, "Shinjon Zhouhua" xalqaro elektron tijorat sanoat parkida bo‘lib o‘tgan muzokaralarda tashqi savdo sohasidagi hamkorlikni kengaytirish, avtomobilsozlik, ehtiyot qismlar ishlab chiqarish va texnik xizmat ko‘rsatish yo‘nalishlarida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
Farg‘ona viloyatida xalqaro elektron tijorat sanoat parkini tashkil etish imkoniyatlariga eʼtibor qaratildi.
Delegatsiyaning Shinjon provinsiyasi hududiga tashrifi doirasida yirik xalqaro qurilish kompaniyasi — “Xia Jiang Zhong Ya Qu Yu Zong Bu” rahbariyati bilan ham uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda sog‘liqni saqlash muassasalari, ijtimoiy obyektlar, turizm infratuzilmasi, pulli avtomobil yo‘llari hamda “Yangi O‘zbekiston” massivlarida zamonaviy uy-joylar qurilishi sohalarida hamkorlik qilish bo‘yicha dastlabki kelishuvlarga erishildi.
Joriy yil may oyi oxirida Xitoy kompaniyasi rahbariyati va mutaxassislaridan iborat delegatsiyaning Farg‘ona viloyatiga tashrifini tashkil etishga kelishib oldilar. Tashrif davomida istiqbolli loyihalarni joyida o‘rganish va hamkorlikning keyingi bosqichlarini belgilash rejalashtirilgan.