Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Farğona viloyatida Xitoyning Tong Ke Real Estate LTD kompaniyasi bilan quriliş sohasida investitsiya loyihalarini amalga oşiriş istiqbollari muhokama qilindi. Bu haqda Farğona viloyati hokimligi xabar berdi.
24 noyabr kuni viloyat hokimi Xayrullo Bozorov kompaniya rahbari Yan Bo boşçiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
Uçraşuv davomida tomonlar hududda quriliş sohasida investitsiya loyihalarini amalga oşiriş rejalari va kelgusidagi hamkorlik istiqbollarini körib çiqdi.
Tong Ke Real Estate vakillari kompaniya Farğona viloyatida amalga oşirişni rejalaştirayotgan loyihalarni taqdim etdi.
Muzokara iştirokçilari ularni amalga oşirişning ehtimoliy mexanizmlari va istiqbollari yuzasidan fikr almaşdi.
Xayrullo Bozorov özaro manfaatli va istiqbolli investitsiya taşabbuslarini qöllab-quvvatlaşga tayyorligini bildirdi. Şu bilan birga, takliflarni aniq rejalar va hisob-kitoblarga tayangan holda puxta işlab çiqiş zarurligini ta’kidladi.
Uçraşuv yakunida tomonlar taklif etilgan loyihalar ustida işlaşni davom ettiriş va hamkorlikning keyingi yönalişlarini belgilaşga kelişib oldi.