7
Iqtisod

Yaponiyaning Mutsuura Honten kompaniyasi Toşkent viloyatidagi loyihalarni muhokama qildi

Yaponiyaning Mutsuura Honten kompaniyasi Toşkent viloyatidagi loyihalarni muhokama qildi
Yaponiyaning Mutsuura Honten kompaniyasi Toşkent viloyatidagi loyihalarni muhokama qildi / Foto: Toşkent viloyati hokimligi matbuot xizmati.

Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Toşkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev Yaponiyaning Mutsuura Honten Co., Ltd. kompaniyasi prezidenti Niva Sintaro bilan muzokara ötkazdi. Tomonlar sanoat sohasidagi hamkorlik va tozalangan oqova suvlardan qayta foydalaniş loyihalarini muhokama qildi.

Mutsuura Honten kompaniyasi yuz yildan ortiq vaqtdan buyon faoliyat yuritib, Yaponiyaning bir qator yirik sanoat korxonalari bilan hamkorlik qilib keladi. Kompaniya uskunalarga texnik xizmat körsatiş va ularni ta’mirlaş uçun materiallar yetkazib beradi, şuningdek, yuqori aniqlikdagi ölçov asboblarini örnatiş va sozlaş bilan şuğullanadi.

Kompaniya mijozlari qatorida Toyota Motor Corporation, Toyota Tsuşo Corporation, dastgohlar işlab çiqaruvçi Okuma va temiryöl vagonlari işlab çiqaruvçi Nippon Şaryo bor.

Uçraşuvda tomonlar Toşkent viloyatida sanoat kooperatsiyasini rivojlantiriş, zamonaviy texnologiyalarni joriy etiş va qöşma loyihalarni amalga oşiriş imkoniyatlarini körib çiqdi.

Xususan, quriliş maydonlarida hosil böladigan suvni tozalaş va undan qayta foydalaniş böyiça pilot loyihani işga tuşiriş masalasi muhokama qilindi.

Mutsuura Honten kompaniyasining suvni tozalaş va qayta işlaş uskunalarini işlab çiqaruvçi Yaponiyaning WOTA kompaniyasi bilan hamkorlik tajribasini inobatga olgan holda, uçraşuv iştirokçilari «Yangi Toşkent» quriliş maydonlari va boşqa hududlarda oqova suvlarni yiğiş hamda tozalaş imkoniyatlarini körib çiqdi.

Tozalangan suvdan texnik ehtiyojlar uçun qayta foydalaniş taklif etilmoqda. Şuningdek, Toşkent viloyatida avtomobil butlovçi qismlarini işlab çiqaruvçi korxonalar bilan hamkorlik qiliş masalasi alohida muhokama qilindi.

Viloyat hokimligi mos sanoat korxonalarini aniqlaş va ular bilan Yaponiya kompaniyasi örtasida muzokaralar taşkil etişga kömaklaşişga tayyorligini bildirdi.

Uçraşuv iştirokçilari taklif etilgan taşabbuslarni amaliyotga tatbiq etiş hamda istiqbolli qöşma loyihalarni şakllantiriş yuzasidan ham fikr almaşdi.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.