Sport

Dilshod Rahmatov professional faoliyatini yakunladi

Dilshod Rahmatov professional faoliyatini yakunladi
Dilshod Rahmatov professional faoliyatini yakunladi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston futzal milliy terma jamoasi sardori Dilshod Rahmatov 35 yoshda professional faoliyatini yakunladi.

Rahmatov 2010–2024-yillar davomida O‘zbekiston futzal milliy terma jamoasi sharafini himoya qilgan va ikki marta Jahon chempionati, olti marta Osiyo kubogida ishtirok etgan. Qit’a musobaqasida bir bor kumush (2016) va to‘rt bor bronza medallariga (2014, 2018, 2022, 2024) ega chiqqan.

Shuningdek, ikki marta O‘zbekistonning eng yaxshi futzalchisi, deb topilgan.

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.