Boysunda neft saqlovchi aralashma oqib chiqishi kuzatildi
Boysunda neft saqlovchi aralashma oqib chiqishi kuzatildi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Surxondaryo viloyati Boysun tumanida neft saqlovchi suyuqlik chiqishi yana qayd etildi. Bu haqda Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bo‘yicha milliy qo‘mita xabar berdi.
Dastlabki maʼlumotlarga ko‘ra, hodisa ertalab soat taxminan 06:30 atrofida sodir bo‘lgan. Kuchli sel oqimi natijasida himoya xandaqi buzilib, neft saqlovchi aralashmaning oqib chiqishiga olib kelgan.
Hozirda hodisa joyida maxsus guruh ish olib bormoqda, uning tarkibiga Surxondaryo viloyati Ekologiya boshqarmasining ekologik politsiyasi xodimlari hamda boshqa vakolatli tashkilotlar vakillari kirgan. Sodir bo‘lgan holat yuzasidan o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
Qayd etilishicha, tekshiruv davom etmoqda. Uning yakunlari bo‘yicha qo‘shimcha maʼlumot taqdim etiladi.