Shoshilinch
O‘zbekiston

Baxtiyor Saidov AQSH senatori Stiv Deyns bilan uchrashdi

Baxtiyor Saidov AQSH senatori Stiv Deyns bilan uchrashdi
Baxtiyor Saidov AQSH senatori Stiv Deyns bilan uchrashdi / Foto: Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov AQSH senatori Stiv Deyns bilan uchrashdi. Unda tomonlar ikki mamlakat o‘rtasidagi strategik sheriklikni yana-da mustahkamlash masalalarini muhokama qildi. Bu haqda O‘zbekiston TIV rahbari xabar berdi.

Saidov ikki tomonlama munosabatlar barcha ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha izchil rivojlanayotganini taʼkidlab, hamkorlik imkoniyatlarini kengaytirish uchun zamin yaratilayotganini qayd etdi.

Suhbat davomida tomonlar, shuningdek, yaqinlashib kelayotgan tadbirlarga puxta tayyorgarlik ko‘rish masalalari yuzasidan fikr almashdi.

Bundan tashqari, uchrashuv ishtirokchilari mintaqaviy va xalqaro kun tartibidagi dolzarb masalalarni muhokama qildi.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.