O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Iqtisod

Bahodir Begalov O‘zbekiston Statistika agentligi direktori lavozimidan ozod etildi

Dilafro'z Niyazova · 18.01.2025 · 15:45 · 875 views
Bahodir Begalov O‘zbekiston Statistika agentligi direktori lavozimidan ozod etildi
Bahodir Begalov O‘zbekiston Statistika agentligi direktori lavozimidan ozod etildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Bahodir Begalov O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi direktori lavozimidan ozod etildi.

56 yoshli Bahodir Begalov 2017-yil may oyidan boshlab Davlat statistika qo‘mitasiga rahbarlik qilgan, 2022-yil dekabr oyidan esa qayta tashkil etilgan Statistika agentligi direktori lavozimini egallab kelayotgan edi.

2012—2016-yillarda u Davlat statistika qo‘mitasi raisining o‘rinbosari sifatida faoliyat yuritgan. Keyin esa Toshkent moliya instituti rektori etib tayinlangan.