O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
O‘zbekiston

Aziz Toshpuoʻlatov O‘zbekiston IIV rahbari etib tayinlandi

Dilafro'z Niyazova · 03.03.2025 · 16:05 · 1023 views
Aziz Toshpuoʻlatov O‘zbekiston IIV rahbari etib tayinlandi
Aziz Toshpuoʻlatov O‘zbekiston IIV rahbari etib tayinlandi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekistonda yangi ichki ishlar vaziri tayinlandi.

Prezident Shavkat Mirziyoyevning farmoni bilan Aziz Toshpuoʻlatov mazkur lavozimga tayinlandi.

U tayinlovga qadar Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasiga rahbarlik qilgan. Bungacha esa 2019—2020-yillarda Ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

Aziz Toshpoʻlatovning nomzodi avvalroq Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan maʼqullangan.

Ushbu lavozimda u 2017 yil sentyabridan beri faoliyat yuritib kelgan Po‘lat Bobojonovning o‘rnini egalladi.