Iqtisod

ADM Jizzakh gibrid va elektromobillar işlab çiqarişga 100 mln dollar sarmoya kiritadi

ADM Jizzakh gibrid va elektromobillar işlab çiqarişga 100 mln dollar sarmoya kiritadi
ADM Jizzakh gibrid va elektromobillar işlab çiqarişga 100 mln dollar sarmoya kiritadi

Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — ADM Jizzakh va Janubiy Koreyaning DK&G Co muhandislik kompaniyasi gibrid va elektr avtomobillarini işlab çiqariş uçun sanoat uskunalarini yetkazib beriş va örnatiş böyiça kelişuv imzoladi.

Loyihaga kiritiladigan investitsiyalarning umumiy hajmi taxminan 100 mln dollarni taşkil etadi. Korxonada Çery, Haval va Çangan brendlari ostidagi avtomobillar işlab çiqariladi. Bu haqda ADM Global xabar berdi.

Hozirda ADM Jizzakh hududida yangi işlab çiqariş majmuasi qurilmoqda. Işlab çiqariş CKD texnologiyasi, ya’ni avtomobillarni yirik uzellardan emas, balki alohida qismlardan yiğiş usuli asosida taşkil etiladi. Jarayon kuzovni payvandlaş va böyaşdan tortib, avtomobilni yakuniy yiğiş hamda tayyor mahsulot sifatini nazorat qilişgaça bölgan töliq siklni qamrab oladi.

Majmuaning muhim xususiyatlaridan biri — turli brendlarga mansub avtomobillarni yagona işlab çiqariş liniyasida tayyorlaş imkoniyatidir.

Bunday yeçim ADM Jizzakh va DK&G Co muhandislari hamkorligida işlab çiqiladi. Universal konveyer işlab çiqariş jarayonini turli xil gibrid va elektr avtomobillari modellariga moslaştiriş imkonini beradi.

DK&G Co avval ham ADM Jizzakh‘ning amaldagi CKD işlab çiqariş korxonasini uskunalar bilan jihozlaşda iştirok etgan. Hozirda uşbu korxonada içki yonuv dvigateliga ega Kia avtomobillari işlab çiqarilmoqda.

Janubiy Koreya kompaniyasi buyurtmaçilarning individual talablariga muvofiq sanoat uskunalarini loyihalaş va işlab çiqariş böyiça köp yillik tajribaga ega.

Yangi energiya manbalarida harakatlanuvçi avtomobillar (NEV) işlab çiqarişni rivojlantiriş ADM Global kompaniyasining strategik ustuvor yönalişlaridan biri hisoblanadi.

Kompaniya Özbekiston bozoriga gibrid va elektr avtomobillarining bir neçta yangi modellarini olib çiqişni hamda mahalliy işlab çiqarilgan butlovçi qismlar uluşini bosqiçma-bosqiç oşirişni rejalaştirmoqda.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.