O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Iqtisod

5 oyda 325,3 mln dollarlik yengil avtomobil import qilingan

Dilafro'z Niyazova · 02.07.2025 · 16:45 · 422 views
5 oyda 325,3 mln dollarlik yengil avtomobil import qilingan
5 oyda 325,3 mln dollarlik yengil avtomobil import qilingan

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Milliy statistika qo‘mitasi maʼlumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonga 2025 yilning yanvar-may oylarida xorijdan qiymati 325,3 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan 18 387 dona yengil avtomobil import qilingan.

Ulardan 9 789 tasi elektromobillardir.

O‘zbekistonga 2025 yilning 5 oyida eng ko‘p yengil avtomobil yetkazib bergan davlatlar:

Xitoy – 15 873 ta

Koreya Respublikasi – 1 882 ta

Xindiston – 168 ta

Yaponiya – 122 ta

AQSH – 82 ta

Boshqa davlatlar – 260 ta