Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekiston Markaziy banki va Osiyo taraqqiyot banki (OTB) 2023–2026 yillardagi texnik hamkorlik natijalari hamda yangi qöşma loyihalar istiqbollarini muhokama qildi. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati xabar berdi.
Uçraşuv 2026 yilgi Samarqand islom moliyasi forumi doirasida bölib ötdi. Unda Markaziy bank raisining örinbosari Sanjar Nosirov, moliyaviy inklyuziya böyiça direktor Dilbar Abduğaniyeva, tegişli departamentlar rahbarlari hamda OTBning Moliya sektori ofisi direktori Mohd Sani Mohd Ismail iştirok etdi.
Uçraşuvda OTB tomonidan 2023–2026 yillarda Markaziy bankka körsatilgan texnik yordam natijalari sarhisob qilindi.
Hamkorlik moliyaviy xizmatlardan foydalaniş imkoniyatlarini kengaytiriş, iste’molçilar huquqlarini himoya qiliş, moliyaviy savodxonlikni rivojlantiriş va nobank sektor ustidan tavakkalçilikka asoslangan nazoratni takomillaştirişga qaratildi.
Tomonlar texnik hamkorlikning yangi yönalişlari böyiça ham fikr almaşdi. Ular qatorida islom kapital bozorini rivojlantiriş, likvidlikni boşqariş vositalarini joriy etiş va nobank moliya sektori ustidan nazoratni takomillaştiriş masalalari bor.
Muzokaralar yakunida Markaziy bank va OTB vakillari hamkorlikni davom ettiriş hamda kelişilgan yönalişlarda özaro aloqalarni rivojlantirişdan manfaatdor ekanini bildirdi.