Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekistonda 2026 yilning yanvar–oktyabr oylarida 74 448,4 mln kVt·soat elektr energiyasi işlab çiqarildi. Bu ötgan yilning mos davriga nisbatan 7,4 foizga köp. Bu haqda Özbekiston Respublikasi Milliy statistika qömitasi xabar berdi.
Taqqoslaşda elektr energiyasini işlab çiqariş asosiy faoliyat turi hisoblanmaydigan kiçik tadbirkorlik subyektlari va xonadonlar tomonidan işlab çiqarilgan elektr energiyasi hisobga olinmagan.
Statistik hisobotlar ma’lumotlariga köra, yirik korxonalar 48 971,7 mln kVt·soat elektr energiyasi işlab çiqargan. Elektr energiyasi işlab çiqariş asosiy faoliyat turi hisoblangan kiçik korxonalar esa örganişlar natijalariga köra 25 476,7 mln kVt·soat elektr energiyasi işlab çiqargan.
2025 yilning yanvar–oktyabr oylarida yirik korxonalar 50 016,2 mln kVt·soat, kiçik korxonalar esa 19 288,5 mln kVt·soat elektr energiyasi işlab çiqargan. Jami işlab çiqariş hajmi 69 304,7 mln kVt·soatni taşkil etgan.
2024 yilning yanvar–oktyabr oylarida yirik korxonalar tomonidan 59 003,4 mln kVt·soat, kiçik korxonalar tomonidan esa 7 707,9 mln kVt·soat elektr energiyasi işlab çiqarilgan. Umumiy hajm 66 711,3 mln kVt·soatga teng bölgan.
Korxonalar 2024 va 2025 yillarga oid ma’lumotlarga yillik balansga muvofiq aniqlik kiritgan.
Yirik korxonalarda issiqlik energiyasi işlab çiqariş hajmi 20,7 foizga kamayib, 12 452,7 ming Gkalni taşkil etdi. 2025 yilning yanvar–oktyabr oylarida 15 701,1 ming Gkal, 2024 yilning şu davrida esa 17 675,1 ming Gkal issiqlik energiyasi işlab çiqarilgan.
Elektr energiyasi ta’minoti, gaz ta’minoti, buğ bilan ta’minlaş va havoni konditsiyalaş sohalari hissasiga 74,2 trln söm töğri keldi. Bu sanoat mahsulotlari umumiy hajmining 6,1 foizini taşkil etadi. Sanoat mahsulotlari umumiy hajmi 1 221,4 trln sömga teng böldi.
Uşbu faoliyat yönalişi böyiça fizik hajm indeksi 109,0 foizni taşkil etdi.