Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekiston Senati mamlakatda mehnat faoliyatini amalga oşiriş huquqini tasdiqlovçi hujjatlarsiz işlayotgan xorijiy fuqarolar uçun jarima joriy etilişini ma’qulladi. Tegişli özgartirişlar parlament yuqori palatasining 21-yalpi majlisida körib çiqildi.
Sönggi yillarda Özbekiston xorijiy investitsiyalarni jalb qiliş, xalqaro hamkorlikni kengaytiriş, şuningdek, xorijiy fuqarolarning mamlakatga kirişi va işga joylaşişi uçun qulay şaroitlar yaratiş böyiça çora-tadbirlarni amalga oşirmoqda.
Şu bilan birga, xorijiy fuqarolar tomonidan belgilangan mehnat faoliyatini amalga oşiriş tartibi buzilişi holatlari ham qayd etilmoqda. Amaldagi qonunçilikda bunday huquqbuzarliklar uçun xorijiy fuqarolarning bevosita ma’muriy javobgarligi nazarda tutilmagan.
Kiritilayotgan özgartirişlar Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksni yangi 49⁶-modda bilan töldiradi. Unga muvofiq, boşqa davlatda doimiy yaşovçi xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bölmagan şaxslar Özbekistonda tegişli huquqni tasdiqlovçi hujjatsiz mehnat faoliyati bilan şuğullangan taqdirda, ularga 10 bazaviy hisoblaş miqdori (BHM) miqdorida jarima solinadi.
Bunday hujjatning amal qiliş muddati tugaganidan keyin mehnat faoliyatini davom ettiriş yoki ruxsatnomada körsatilmagan faoliyat turi bilan şuğullaniş ham javobgarlikka sabab böladi.
Ma’muriy jazo qöllanilganidan keyin bir yil davomida huquqbuzarlik takroran sodir etilsa, xorijiy fuqaro Özbekiston hududidan ma’muriy tartibda çiqarib yuboriladi va uning mamlakatga kiriş huquqi uç yil muddatga çeklanadi. Dastlabki huquqbuzarlik uçun tayinlangan jarima tölanmagan taqdirda ham xuddi şunday çoralar qöllanilişi nazarda tutilgan.
Muhokama davomida senatorlar yangi normalarning samarali qöllanilişini ta’minlaş zarurligini ta’kidladilar. Şuningdek, xorijiy fuqarolar va iş beruvçilarni belgilangan tartib-taomillar haqida xabardor qiliş hamda mas’ul idoralar örtasidagi hamkorlikni kuçaytiriş muhimligi qayd etildi.
Senatorlarning fikriça, qonun xorijiy fuqarolarning qonuniy mehnat faoliyatini ta’minlaş, huquqbuzarliklarning oldini oliş, şuningdek, xorijiy xodimlar va iş beruvçilarning mas’uliyatini oşirişga qaratilgan.