Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekistonning yirik korxonalari 2026 yil yanvar–oktyabr oylarida 29,9 mlrd kub metr tabiiy gaz işlab çiqardi. 2025 yilning şu davrida esa bu körsatkiç 35,6 mlrd kub metrni taşkil etgan. Bu haqda Özbekiston Respublikasi Milliy statistika qömitasi xabar berdi.
2024 yilning yanvar–oktyabr oylarida 37,3 mlrd kub metr gaz işlab çiqarilgan.
Suyultirilgan propan va butan işlab çiqariş hajmi 607,7 ming tonnani taşkil etdi. Bir yil avval bu körsatkiç 643,0 ming tonna, 2024 yilda esa 681,5 ming tonna bölgan.
Neft işlab çiqariş hajmi 540,4 ming tonnaga teng böldi. 2025 yilda 547,3 ming tonna, 2024 yilda esa 602,0 ming tonna neft işlab çiqarilgan.
Gaz kondensati işlab çiqariş 813,2 ming tonnani taşkil etdi. Bu körsatkiç 2025 yilda 932,6 ming tonna, 2024 yilda esa 1 015,0 ming tonna bölgan.
Dizel yoqilğisi işlab çiqariş hajmi 1 140,6 ming tonnaga yetdi. Bir yil avval 981,0 ming tonna, 2024 yilda esa 877,9 ming tonna dizel yoqilğisi işlab çiqarilgan.
Avtomobil benzini işlab çiqariş 1 038,7 ming tonnani taşkil qildi. 2025 yilning yanvar–oktyabr oylarida 973,4 ming tonna, 2024 yilning şu davrida esa 1 093,4 ming tonna benzin işlab çiqarilgan.
Kömir işlab çiqariş hajmi 6,5 mln tonnani taşkil etdi. 2025 yilda 6,7 mln tonna, 2024 yilda esa 6,3 mln tonna kömir işlab çiqarilgan.
2024 va 2025 yillarga oid ma’lumotlar korxonalar taqdim etgan axborotlar asosida şakllantirilgan hamda yillik balansga muvofiq tuzatilgan.