Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekiston çakana savdo narxlarini raqamli monitoring qiliş böyiça Vengriya tajribasini örganmoqda. Mamlakatda şunga öxşaş tizimni joriy etiş imkoniyati körib çiqilmoqda. Bu haqda Raqobatni rivojlantiriş va iste’molçilar huquqlarini himoya qiliş qömitasi matbuot xizmati xabar berdi.
26 noyabr kuni Budapeşt şahrida Özbekiston Raqobatni rivojlantiriş va iste’molçilar huquqlarini himoya qiliş qömitasi vakillari hamda Vengriya Raqobat masalalari böyiça boşqarmasi (GVH) mutaxassislari örtasida uçraşuv bölib ötdi.
Uçraşuvda asosiy e’tibor Vengriyada muvaffaqiyatli joriy etilgan Árfigyelő elektron narx monitoringi platformasi, uning texnik mexanizmlari va çakana savdoda raqobatni rivojlantirişdagi roliga qaratildi.
Platforma iste’molçilarga yirik savdo tarmoqlaridagi kundalik ehtiyoj tovarlari narxlarini real vaqt rejimida taqqoslaş, eng maqbul narxdagi mahsulotlarni tanlaş va xarajatlarini rejalaştiriş imkonini beradi.
Raqobat masalalari bilan şuğullanuvçi organlar uçun ham uşbu tizim tahliliy vosita vazifasini bajaradi. U bozordagi narxlar dinamikasini muntazam kuzatiş, tovarlar qiymatining asossiz oşirilişi mumkin bölgan holatlarini va ehtimoliy raqobatga zid kelişuvlar belgilarini aniqlaş imkonini beradi.
Uçraşuv davomida tomonlar savdo tarmoqlaridan narxlar töğrisidagi ma’lumotlarni oliş va ularni tizimga avtomatik integratsiya qiliş mexanizmlarini körib çiqdilar. Ma’lumotlarning işonçliligi va dolzarbligini ta’minlaş usullari ham alohida muhokama qilindi.
Şuningdek, iştirokçilar şunga öxşaş platformani joriy etişning huquqiy, taşkiliy va texnik şartlari yuzasidan fikr almaşdilar. Uning narxlar barqarorligi, raqobat muhiti va iste’molçilar manfaatlariga ta’sirini baholaş masalasi ham kun tartibidan örin oldi.
Yana bir muhim mavzu Vengriya modelini Özbekiston şaroitiga moslaştiriş imkoniyatlari böldi.
Uçraşuv yakunida Vengriya tajribasini örganiş va Özbekistonda elektron narx monitoringi tizimini yaratiş istiqbollarini körib çiqişga qiziqiş bildirildi. Ta’kidlanişiça, bunday vosita narx belgilaş jarayonining şaffofligini oşirişi, savdo tarmoqlari örtasidagi raqobatni kuçaytirişi va iste’molçilar uçun tovarlar narxini taqqoslaşni osonlaştirişi mumkin.
Tomonlar, şuningdek, ikki mamlakat raqobat organlari örtasida tajriba va axborot almaşinuvini davom ettiriş, zamonaviy raqamli monitoring vositalaridan foydalaniş sohasidagi hamkorlikni rivojlantiriş masalalarini muhokama qildilar.