Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekistonda 2026 yilning yanvar–oktyabr oylarida 705 589,7 tonna paxta tolasidan ip-kalava işlab çiqarildi. Bir yil avval bu körsatkiç 469 122,0 tonnani taşkil etgan. Bu haqda Özbekiston Respublikasi Milliy statistika qömitasi xabar berdi.
Tarkibida paxta tolasining massa uluşi 85 foiz yoki undan köp bölgan paxta matolari işlab çiqariş hajmi 100 833,9 ming kvadrat metrni taşkil etdi. Bir yil avval esa 81 522,0 ming kvadrat metr mato işlab çiqarilgan. 2025 yilga oid ma’lumotlar korxonalar taqdim etgan axborotlar asosida şakllantirilgan va yillik balansga muvofiq tuzatilgan.
Maşinada yoki qölda töqilgan trikotaj polotnolar işlab çiqariş 64 555,5 tonnani taşkil etdi. 2025 yilning yanvar–oktyabr oylarida bu körsatkiç 64 257,5 tonna bölgan.
Trikotaj içki kiyimlari işlab çiqariş hajmi 117 413,0 ming donaga yetdi. Bir yil avval 86 075,5 ming dona mahsulot işlab çiqarilgan.
Aksinça, trikotaj yoki töqima ustki kiyimlar işlab çiqariş kamaydi. Hisobot davrida 42 532,3 ming dona şunday mahsulot işlab çiqarilgan bölsa, bir yil avval bu körsatkiç 51 336,6 ming donani taşkil etgan.
Respublikadagi yirik sanoat korxonalari 705,6 ming tonna ip-kalava işlab çiqardi. Hajmi 10 oyda 1 060,5 trln sömga yetgan qayta işlaş sanoati jami sanoat işlab çiqarişining 86,8 foizini taşkil etdi. Uşbu tarmoqda töqimaçilik mahsulotlari, kiyim-keçak, çarm va çarmdan tayyorlangan buyumlar uluşi 11,5 foizga teng böldi.
2026 yil 1 noyabr holatiga köra, respublikada 71,1 mingta sanoat korxonasi faoliyat yuritgan. Ularning 7,6 mingtasi (10,7 foizi) kiyim-keçak, 4,3 mingtasi (6,0 foizi) esa töqimaçilik mahsulotlari işlab çiqariş bilan şuğullangan.