Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — S&P Global Ratings «Özbekneftgaz» AJning uzoq muddatli kredit reytingini BB- darajasidan BB darajasiga kötardi va reyting prognozini “barqaror” deb özgartirdi. Bunday qaror kompaniya moliyaviy körsatkiçlarining yaxşilanişi hamda Özbekistonning suveren reytingi oşirilişi bilan boğliq. Bu haqda agentlik 26 noyabr kuni xabar berdi.
20 noyabr kuni S&P Özbekistonning kredit reytingini BB darajasidan BB+ darajasiga kötargan edi. Agentlik mamlakatning byudjet va taşqi iqtisodiy körsatkiçlari yaxşilangani, taşqi zaxiralari mustahkamlangani, ular barqaror töplanib borayotgani hamda iqtisodiy ösiş sur’atlari izçil saqlanayotganini qayd etdi.
«Özbekneftgaz»ning mustaqil kredit qobiliyati bahosi (SACP) ham b+ darajasidan bb- darajasiga kötarildi. Şu bilan birga, S&P kompaniyaning davlat tomonidan favqulodda qöllab-quvvatlaniş ehtimolini hanuz juda yuqori deb hisoblamoqda.
Agentlik bahosiga köra, gaz tariflarining oşirilişi va neft narxlarining yuqori bölişi 2026–2028 yillarda kompaniya EBITDA körsatkiçi hamda pul oqimlarining ösişini qöllab-quvvatlaydi.
2026 yilda gaz narxini bozor tamoyillari asosida belgilaşga ötiş va 2028 yilga qadar ulgurji bozorni liberallaştiriş doirasida hukumat «Özbekneftgaz» milliy savdo kompaniyasi UzGazTrade‘ga gaz sotadigan tariflarni ikki marta oşirdi. Natijada tarif jami 67 foizga ösib, ming kub metr uçun 82 dollarga yetdi.
S&P prognozlariga köra, kompaniyaning EBITDA körsatkiçi 2026 yilda 20 trln sömga yetadi. 2025 yilda bu körsatkiç 15,4 trln sömni taşkil etgan.
Qöşma korxonalar va assotsiatsiyalaşgan kompaniyadan olinadigan dividendlar ham qöşimça daromad manbai böladi. Agentlik Uz-Kor Gas Çemical, Asia Trans Gas va UzTransGaz kompaniyalaridan tuşadigan mablağlarni ham hisobga olgan holda, yillik dividend tuşumlari 3–4 trln sömni taşkil etişini kutmoqda.
2027–2028 yillarda S&P EBITDA körsatkiçini har yili 20–25 trln söm darajasida prognoz qilmoqda. Agentlik bahosiga köra, bu kompaniyaga har yili 5–7 trln söm miqdorida ijobiy erkin operatsion pul oqimini şakllantiriş imkonini beradi.
Biroq amaldagi gaz tarifi xalqaro mezonlar böyiça nisbatan pastligiça qolmoqda. S&P bahosiga köra, u joriy pul xarajatlarini qoplaş imkonini beradi, ammo gaz qazib çiqarişga investitsiya kiritiş uçun yetarli mablağ bilan ta’minlamaydi.
«Özbekneftgaz»ning gaz qazib çiqariş hajmi 2021 yildagi qariyb 34 mlrd kub metrdan 2026 yilda prognoz qilinayotgan 23 mlrd kub metrgaça kamaydi. Sezilarli investitsiyalar kiritilmasa, işlab çiqariş hajmining pasayişi davom etişi mumkin.
Kompaniya har yili 10–11 trln söm investitsiya kiritişni rejalaştirmoqda. Mablağlarning katta qismi upstream, ya’ni qazib çiqariş sohasidagi loyihalarga yönaltiriladi. Biroq S&P qazib çiqariş hajmining pasayişini töxtatiş uçun bundan ham köproq investitsiya talab qilinişi mumkinligini istisno etmayapti.
Agentlik aylanma kapitaldagi özgarişlar va foiz tölovlarigaça bölgan operatsion faoliyatdan tuşadigan mablağlar (FFO)ning qarzga nisbati 2026 yildayoq 20 foizdan oşişini kutmoqda. Prognozga köra, 2026–2028 yillarda bu körsatkiç 20–30 foizni taşkil etadi. 2025 yilda esa u 15,8 foiz bölgan.
“Barqaror” prognoz kompaniyaning operatsion va moliyaviy körsatkiçlari bosqiçma-bosqiç yaxşilanişi kutilayotganini aks ettiradi. S&P 2026 yilda EBITDA 20 trln sömga yaqinlaşişi, FFOning qarzga nisbati esa barqaror ravişda 20 foizdan yuqori bölişini kutmoqda.
Agar operatsion faoliyatning yomonlaşişi pul oqimlarining sezilarli qisqarişiga olib kelsa va FFOning qarzga nisbati uzoq muddat davomida 20 foizdan pastga tuşsa, agentlik reytingni pasaytirişi mumkin. Yirik tölovlar, xaridlar yoki haddan taşqari katta kapital xarajatlari tufayli likvidlikning yomonlaşişi ham reyting pasaytirilişiga asos bölişi mumkin.
Özbekistonning suveren reytingi pasaytirilişi ham «Özbekneftgaz» reytingining tuşişiga olib kelişi mumkin. Aksinça, boşqa şartlar özgarmagan holda mamlakat reytingining oşirilişi kompaniya reytingining ham kötarilişiga sabab bölişi mumkin.
Uzoqroq istiqbolda S&P «Özbekneftgaz» reytingini BB+ darajasigaça kötariş imkoniyatini ham körib çiqmoqda. Buning uçun agentlik kompaniyaning mustaqil kredit qobiliyati bahosini ikki poğonaga yaxşilaşi kerak böladi. Zarur şartlar qatoriga umumiy qarz hajmini sezilarli qisqartiriş, FFOning qarzga nisbatini barqaror ravişda 45 foizdan yuqori darajada saqlaş hamda kapital xarajatlari va dividendlar tölanganidan keyin ham ijobiy pul oqimini ta’minlaş kiradi.