Iqtisod

Özbekiston va OTB davlat korxonalarining tölovga qobiliyatsizligini muhokama qildi

Özbekiston va OTB davlat korxonalarining tölovga qobiliyatsizligini muhokama qildi
Özbekiston va OTB davlat korxonalarining tölovga qobiliyatsizligini muhokama qildi / Foto: Özbekiston Davlat aktivlarini boşqariş agentligi.

Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekiston Davlat aktivlarini boşqariş agentligi (Davaktiv agentligi) va Osiyo taraqqiyot banki (OTB) davlat uluşi mavjud korxonalarga tölovga qobiliyatsizlik töğrisidagi qonunçilikni qöllaş hamda ularning moliyaviy holatini boşqariş samaradorligini oşiriş çoralarini muhokama qildi.

Uçraşuvda OTBning boş yuridik maslahatçisi Hanna J. Lim va bank eksperti Jon Martin iştirok etdi.

Tomonlar «Tölovga qobiliyatsizlik töğrisida»gi qonunni amaliyotda qöllaş masalalarini körib çiqdi. Jumladan, korxonalardagi moliyaviy muammolarni öz vaqtida aniqlaş, qarzdorlikni tartibga soliş va kreditorlar bilan hamkorlikni yaxşilaşda qonun imkoniyatlari muhokama qilindi.

Moliyaviy soğlomlaştiriş va restrukturizatsiya jarayonlariga alohida e’tibor qaratildi. Iştirokçilar qonunda nazarda tutilgan mexanizmlarni qöllaş muammoli vaziyatlarni körib çiqişni tezlaştirişi va korxonaning tölov qobiliyatini tiklaş qiyin bölgan hollarda öz vaqtida qaror qabul qilişga yordam berişi mumkinligini muhokama qildi.

Uçraşuv iştirokçilarining fikriça, qonunçilikni izçil qöllaş moliyaviy intizomni mustahkamlaş, davlat aktivlaridan yana-da oqilona foydalaniş va kreditorlarning qonuniy manfaatlarini himoya qilişga xizmat qilişi mumkin.

Muzokaralar yakunida tomonlar qonunni qöllaş amaliyotini takomillaştiriş, idoralararo hamkorlikni mustahkamlaş va davlat uluşi mavjud korxonalarni boşqariş samaradorligini oşiriş böyiça hamkorlikni davom ettirişdan manfaatdor ekanini tasdiqladi.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.