Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekiston va Iordaniyaning AFICO (Arma Agro-Food Industrial Complex) kompaniyasi meva-sabzavot mahsulotlarini qayta işlaş böyiça qöşma korxona taşkil etiş imkoniyatlarini örganişga kelişib oldi. Bu haqda Özbekiston Qişloq xöjaligi vazirligi xabar berdi.
Vazirlikning işçi guruhi Özbekiston Prezidentining Iordaniyaga taşrifiga tayyorgarlik doirasida Amman şahrida kompaniya vakillari bilan muzokaralar ötkazdi.
Taşkil etilişi rejalaştirilayotgan korxona quritilgan va muzlatilgan meva-sabzavot mahsulotlari işlab çiqarişga ixtisoslaşişi közda tutilgan.
Muzokaralar davomida tomonlar AFICO kompaniyasining texnologiyalari va tajribasini Özbekistonda qöllaş, mahalliy xomaşyoni çuqur qayta işlaş, mahsulotlar turini kengaytiriş hamda eksport salohiyatini oşiriş masalalarini muhokama qildi.
Dastlabki bosqiçda qöşma korxona taşkil etiş imkoniyatlarini örganiş rejalaştirilgan.
Loyiha qişloq xöjaligi mahsulotlarining qöşilgan qiymatini oşiriş, mavsumiy hosilni samarali saqlaş va qayta işlaş, şuningdek, Özbekiston mahsulotlari eksportini kengaytirişga xizmat qilişi kutilmoqda.