Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekiston xalqaro vençur fondlari va akseleratorlar bilan robototexnika sohasiga investitsiyalar jalb qiliş hamda texnologik startaplarni qöllab-quvvatlaş masalalarini muhokama qildi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Muzokaralar 2026 yil 24 noyabr kuni Teçstars Startup Week Taşkent 2026 doirasida bölib ötdi. Uçraşuvlarda iqtisodiyot va moliya vaziri örinbosari Umid Abidhojayev iştirok etdi.
Niderlandiya va Turkiya vençur fondi ScaleX Ventures asosçisi va boşqaruvçi hamkori Dilek Dayinlarli bilan hamkorlik istiqbollari körib çiqildi. Fond texnologik startaplarning ilk bosqiçlarida ularni moliyalaştirişga ixtisoslaşgan.
Fond portfelidan robototexnika sohasidagi loyihalar ham örin olgan. Jumladan, Atlas Robotics omborlarda yuklarni taşiş jarayonlarini avtomatlaştiriş yeçimlarini işlab çiqadi, Weave Robotics esa uy yumuşlarini bajarişga möljallangan robotlar yaratadi.
Muzokaralarda DOMiNO Ventures boşqaruvçi hamkorlari Mustafa Kyopyuk va Yagiz Karadeniz ham iştirok etdi. Fond Şarqiy Yevropa, Markaziy Osiyo va Kavkazdagi yuqori texnologiyali startaplarga investitsiya kiritadi.
Özbekistonda fond 20 mln dollar kapitaliga ega DOMiNO Uzbekistan Fund‘ni taşkil etgan. U tomonidan moliyalaştirilgan mahalliy loyihalar qatorida TASS Vision va PointAi ham bor. Fondni taşkil etişdan maqsad DOMiNO Ventures‘ning Markaziy Osiyodagi iştirokini kengaytirişdan iborat.
Germaniyaning Bremen şahrida joylaşgan Constructor University huzuridagi Constructor Start akseleratori bilan hamkorlik masalasi ham alohida muhokama qilindi. Uçraşuvda akselerator boşqaruvçi direktori, şuningdek, Tadbirkorlik va innovatsiyalar markazi rahbari Dmitriy Kurin iştirok etdi.
Akselerator dasturi startaplarga xalqaro ekspertlar bilan işlaş imkoniyatini taqdim etadi va 1 mln dollargaça moliyalaştiriş jalb qilişga kömaklaşadi.
Muzokaralar davomida tomonlar ixtisoslaştirilgan akseleratsiya dasturlarini yölga qöyiş, vençur kapitalini jalb qiliş, ilğor texnologiyalarni transfer qiliş va malakali muhandislar tayyorlaş masalalarini körib çiqdi.
Şuningdek, ilmiy tadqiqotlar, texnologik işlanmalar va sanoat örtasidagi aloqalarni mustahkamlaş masalasi muhokama qilindi.
Istiqbolli yönalişlar qatorida mahalliy robototexnika yeçimlarini işlab çiqariş korxonalarida sinovdan ötkaziş, ularni tijoratlaştiriş va xalqaro bozorlarga olib çiqiş belgilandi.