Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Narbayeva Polşa delegatsiyasi bilan uçraşdi. Delegatsiyaga mamlakat prezidentining Markaziy Osiyo böyiça maslahatçisi Radoslav Gruk boşçilik qildi. Bu haqda Senat matbuot xizmati xabar berdi.
Tomonlar parlamentlararo aloqalarni rivojlantiriş, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar hamkorlikni kengaytiriş, şuningdek, ikki mamlakat örtasidagi munosabatlarni yangi bosqiçga olib çiqiş istiqbollarini muhokama qildi.
Uçraşuvda Polşa Özbekistonning Yevropa Ittifoqidagi muhim hamkorlaridan biri ekani ta’kidlandi. Ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantiriş Markaziy Osiyo va Yevropa örtasidagi aloqalarni mustahkamlaş omili sifatida ham körib çiqilmoqda.
Uçraşuv iştirokçilari parlament muloqotini muntazam yölga qöyiş, parlamentlararo hamkorlik guruhlari va sohaviy qömitalar faoliyatini jadallaştiriş zarurligini qayd etdi. Hududiy vakillik organlari örtasidagi aloqalarni kengaytirişga ham alohida e’tibor qaratildi.
Qöşma işlarni tizimli taşkil etiş maqsadida 2027–2028 yillarga möljallangan parlamentlararo hamkorlik böyiça «yöl xaritasi»ni işlab çiqiş taklif etildi. Bundan taşqari, tomonlar 2027 yilda Özbekiston va Polşa örtasida diplomatik munosabatlar örnatilganining 35 yilligiga bağişlangan qöşma parlament forumini ötkaziş taşabbusini ilgari surdi.
Iqtisodiy sohada transport-logistika hamkorligi, özbek mahsulotlarining Yevropa bozorlariga çiqişiga kömaklaşiş va turizmni rivojlantiriş imkoniyatlari muhokama qilindi.
Suhbatdoşlar ta’lim, ilm-fan va madaniyat sohalaridagi hamkorlik istiqbollarini ham körib çiqdi. Oliy ta’lim muassasalari örtasida şeriklik aloqalarini yölga qöyiş, talabalar va öqituvçilar almaşinuvini taşkil etiş masalalari muhokama qilindi.
Yana bir taşabbus sifatida 2027 yilda Özbekiston va Polşa madaniyat kunlarini ötkaziş taklif etildi.