Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekistonda enterovirus infeksiyalari, jumladan, Koksaki virusi bilan boğliq epidemiologik vaziyat barqarorligiça qolmoqda va nazorat ostida. Bu haqda Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik qömitasining axborot xizmati xabar berdi.
Idora ma’lumotlariga köra, ayni paytda uşbu infeksiyalarning tarqalişi bilan boğliq xavotir uyğotadigan holatlar kuzatilmayapti.
Koksaki virusi enteroviruslar guruhiga kiradi va yuqumli kasallikni keltirib çiqaradi. Bugungi kunga qadar uning qariyb 30 ta turi ma’lum.
Bolalarda kasallik tana haroratining 39–40 °C gaça kötarilişi, limfa tugunlarining kattalaşişi, köngil aynişi va qayt qiliş bilan keçişi mumkin. Boşqa alomatlar qatorida kuçli boş oğriği, tanada toşmalar paydo bölişi, oğiz böşliği, til va milklarda oğriqli yaralar hamda pufakçalar hosil bölişi kuzatiladi.
Şuningdek, tomoq oğriği va ovqat yeyişdan boş tortiş holatlari ham uçraşi mumkin.
Enterovirus infeksiyalari havo-tomçi yöli, iflos qöllar va öyinçoqlar, şuningdek, umumiy idişlar orqali yuqadi. Bemorning terisidagi pufakçalar suyuqligi va ajralmalari bilan bevosita aloqa qiliş orqali ham infeksiya yuqişi mumkin.
Infeksiyaning oldini oliş uçun qömita şaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qiliş, qöllarni muntazam ravişda sovun bilan yuviş va xavfsiz içimlik suvini iste’mol qilişni tavsiya etdi. Şuningdek, sanitariya-gigiyena talablariga amal qiliş zarur.
Idora fuqarolarni faqat rasmiy manbalarda e’lon qilingan işonçli ma’lumotlarga tayanişga çaqirdi.