Özbekiston

Özbekiston Prezidenti Amman şahriga keldi

Özbekiston Prezidenti Amman şahriga keldi
Özbekiston Prezidenti Amman şahriga keldi / Foto: Özbekiston Prezidenti matbuot xizmati.

Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev rafiqasi hamrohligida davlat taşrifi bilan Iordaniyaga keldi.

Mamlakat havo hududida davlatimiz rahbarining samolyotiga Podşohlik Harbiy-havo kuçlarining qiruvçi uçoqlari hamrohlik qildi.

Malika Aliya nomidagi xalqaro aeroportda Prezidentimiz va uning rafiqasini Iordaniya Podşohi Abdulla II ibn al-Husayn va Malikasi Raniya al-Abdulla, şahzoda Ğoziy ibn Muhammad va rafiqasi kutib oldilar.

Oliy martabali mehmonlar şarafiga faxriy qorovul saf tortdi. Yetakçilar rasmiy delegatsiyalar a’zolarini qutladilar va faxriy qorovul safi oldidan ötdilar.

Taşrifning asosiy tadbirlari ertaga, 24-noyabr kuni bölib ötadi.

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.