Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekiston va Xitoy atom energetikasi sohasidagi hamkorlikni kengaytiriş masalalarini muhokama qildi. Muzokaralar energetika vaziri Şerzod Xöjayev va “Uzatom” agentligi direktori Azim Axmedxadjayevning Xitoyga taşrifi doirasida bölib ötdi. Bu haqda Özbekiston Energetika vazirligi xabar berdi.
Özbekiston delegatsiyasi Xitoy Davlat energetika boşqarmasi rahbari Van Xunçji hamda Xitoy Xalq Respublikasi Atom energiyasi agentligi raisi Şan Çjunde bilan uçraşuvlar ötkazdi.
Tomonlar energetika sohasida strategik şeriklikni rivojlantiriş istiqbollarini körib çiqdi. Atom energetikasida Xitoy tajribasi, zamonaviy texnologiyalar va ilmiy-texnik işlanmalarni qöllaş imkoniyatlariga alohida e’tibor qaratildi.
Muzokaralar kun tartibidan atom elektr stansiyalarini xavfsiz va samarali işlatiş, yadroviy va radiatsiyaviy xavfsizlikni ta’minlaş, malakali mutaxassislar tayyorlaş hamda tajriba almaşiş masalalari ham örin oldi.
Uçraşuvlar yakunida tomonlar atom energetikasi sohasida uzoq muddatli va özaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirişdan manfaatdor ekanini bildirdi.