Texnologiyalar

Özbekiston BMTning elektron hukumat reytingida 32-örinni egalladi

Özbekiston BMTning elektron hukumat reytingida 32-örinni egalladi
Özbekiston BMTning elektron hukumat reytingida 32-örinni egalladi / Foto: UzDaily.

Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekiston BMTning elektron hukumatni rivojlantiriş reytingida 194 ta davlat orasida 32-öringa kötarildi. Mamlakat 2024 yilga nisbatan öz örnini 31 poğonaga yaxşiladi. Bu haqda BMTning Iqtisodiy va ijtimoiy masalalar böyiça departamenti (UN DESA)ning 2026 yilgi Elektron hukumat şarhida ma’lum qilingan.

Sönggi olti yil davomida Özbekiston reytingda 55 poğona yuqoriladi. 2020 yilda mamlakat 87-örinni, 2022 yilda 69-örinni, 2024 yilda esa 63-örinni egallagan edi.

Özbekistonning Elektron hukumatni rivojlantiriş indeksi (EGDI) avvalgi şarhdagi 0,7999 körsatkiçidan 0,8930 ga yetdi. Mamlakat indeks qiymati juda yuqori bölgan davlatlar guruhiga kiradi va V3 reyting toifasiga mansub.

EGDI uçta tarkibiy qismdan şakllanadi. Özbekistonda onlayn xizmatlar indeksi 0,8885, inson kapitali indeksi 0,8692, telekommunikatsiya infratuzilmasi indeksi esa 0,9213 ni taşkil etdi. Fuqarolarning elektron iştirok körsatkiçi 0,8276 ga yetdi.

Mamlakatning natijasi jahon böyiça örtaça körsatkiçdan (0,6675), Osiyo böyiça örtaça körsatkiçdan (0,7191) va Markaziy Osiyo böyiça örtaça körsatkiçdan (0,7399) yuqori böldi. Reytingda 0,9794 indeks bilan Janubiy Koreya Respublikasi birinçi örinni egalladi.

Şarh mualliflari Markaziy Osiyoni 2026 yildagi eng közga köringan muvaffaqiyatli rivojlaniş misollaridan biri sifatida qayd etgan. Ularning baholaşiça, Özbekiston mintaqada eng yuqori ösiş körsatkiçlaridan biriga erişgan. Hujjatda uşbu özgarişlarning asosi sifatida «Raqamli Özbekiston — 2030» strategiyasi tilga olingan.

BMT şaharlarning onlayn xizmatlarini ham alohida baholadi. Toşkent mahalliy onlayn xizmatlar indeksi (LOSI) böyiça 0,8911 ball töplab, juda yuqori darajaga erişdi. Poytaxt şaharlar reytingida 37-öringa kötarildi. 2024 yilda esa 95-örinda edi.

Toşkent eng yuqori ballni institutsional asos böyiça — 1,0000 körsatkiç bilan qölga kiritdi. Şahar portali kontent uçun 0,9032, elektron savodxonlik uçun 0,9000, xizmatlar uçun 0,8950 ball oldi. Infratuzilma 0,8571, fuqarolar iştiroki esa 0,8000 ball bilan baholandi.

Şarhda Toşkent şahar portali misol sifatida keltirilgan. Unda ayrim xizmatlar böyiça beş yulduzli baholar körsatiladi, ulardan foydalaniş statistikasi esa kuniga tört marta yangilanadi. «Xalq nazorati» platformasida aholining qoniqiş darajasi böyiça haftalik va yillik hisobotlar e’lon qilinadi.

Markaziy Osiyo davlatlari orasida Özbekiston faqat Qozoğistondan ortda qoldi. Qozoğiston 0,9363 indeks bilan 24-örindan 16-öringa kötarildi va ilk bor eng yuqori VH reyting toifasiga kirdi. Almati şahri 0,9604 LOSI körsatkiçi bilan submintaqadagi şaharlar orasida birinçi böldi va umumiy reytingda 12-örinni egalladi.

Qirğiziston 0,7534 indeks bilan 83-örinni egallab, EGDI körsatkiçi yuqori bölgan davlatlar guruhidan juda yuqori guruhga ötdi. Şaharlar reytingida Bişkek 55-örinni qayd etdi. BMT Qirğizistonning “Tunduk” platformasi va bulutli elektron imzo arxitekturasini alohida ta’kidlagan.

Tojikiston 0,5782 indeks bilan 131-örinni egalladi, Duşanbe esa şaharlar reytingida 133-örindan joy oldi. Turkmaniston 0,5388 indeks bilan 146-örinni qayd etib, örtaça körsatkiçli davlatlar guruhidan yuqori guruhga ötdi. Aşxobod şaharlar reytingida 137-örinni egalladi.

BMTning Elektron hukumat böyiça şarhi taşkilotning Iqtisodiy va ijtimoiy masalalar böyiça departamenti (UN DESA) tomonidan tayyorlanadi. U 2001 yildan buyon har ikki yilda bir marta e’lon qilib kelinadi. 2026 yilgi naşr uşbu tadqiqotning ön törtinçisi bölib, 25 yillik izlanişlar natijalarini umumlaştirdi.

Şarhda 194 ta davlat baholandi. Ular qatoriga BMTga a’zo 193 ta davlat va ilk bor Falastin davlati ham kiritildi.

Tadqiqotning asosiy körsatkiçi — Elektron hukumatni rivojlantiriş indeksi (EGDI) hisoblanadi. U uçta indeksning teng uluşdagi örtaça qiymatidan şakllanadi: onlayn xizmatlar, telekommunikatsiya infratuzilmasi va inson kapitali.

Onlayn xizmatlar indeksi UN DESA tomonidan milliy davlat portallari va xizmatlarini mustaqil tekşiriş asosida şakllantiriladi. Aloqa va uning narx jihatidan hamyonbopligi haqidagi ma’lumotlarni Xalqaro elektr aloqa ittifoqi (XEAI) taqdim etadi. Ta’limga oid ma’lumotlar esa YUNESKOdan olinadi.

2018 yildan boşlab BMT alohida şahar portallarini ham Mahalliy onlayn xizmatlar indeksi (LOSI) orqali baholab kelmoqda. 2026 yilda uşbu reytingga 194 ta şahar kiritildi.

Şarh mualliflari EGDI davlatning raqamli xizmatlarni joriy etişga tayyorlik darajasini aks ettirişini ta’kidlagan. Uşbu indeks aholining mazkur xizmatlardan qançalik faol foydalanişi yoki ulardan qoniqiş darajasini ölçamaydi.

2026 yil yakunlariga köra, 194 ta davlatdan 151 tasi EGDI körsatkiçi yuqori yoki juda yuqori bölgan guruhlarga kirdi. 2024 yilda bunday davlatlar soni 138 tani taşkil etgan edi. Ikki yil davomida reyting guruhini özgartirgan 35 ta davlatdan 28 tasi yuqoriroq guruhga kötarilgan, yettitasi esa pastroq guruhga tuşgan.

 

 

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.