Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — 1 dekabrdan boşlab Özbekistonning Afğonistondagi Mozori Şarif şahrida joylaşgan konsulxonasi Boş konsulxonaga aylantiriladi. Tegişli farmonni Prezident Şavkat Mirziyoyev imzoladi. Bu haqda Taşqi işlar vazirligi matbuot kotibi Omonulla Fayziyev xabar berdi.
Qaror ikki tomonlama aloqalarni faollaştiriş va konsullik xizmatlari samaradorligini oşirişga qaratilgan.
Omonulla Fayziyevning sözlariga köra, diplomatik vakolatxona maqomining özgartirilişi ikki mamlakat örtasidagi savdo aylanmasini kengaytiriş hamda transport-logistika salohiyatidan yana-da samarali foydalanişda muhim ahamiyat kasb etadi.
Şuningdek, bu iqtisodiy hamkorlikning yangi yönalişlarini rivojlantiriş imkonini beradi.
Taşqi işlar vazirligi vakilining ta’kidlaşiça, konsullik muassasasi maqomining oşirilişi Özbekiston fuqarolari va tadbirkorlarining manfaatlarini himoya qiliş imkoniyatlarini kengaytiradi hamda Özbekiston–Afğoniston munosabatlariga qöşimça amaliy mazmun bağişlaydi.
Afğonistonning Termiz şahridagi diplomatik vakolatxonasi ham Boş konsulxona maqomiga ega.