7
Turizm

Özbekistonga 10 oyda 11,6 mln nafar sayyoh taşrif buyurdi

Özbekistonga 10 oyda 11,6 mln nafar sayyoh taşrif buyurdi
Özbekistonga 10 oyda 11,6 mln nafar sayyoh taşrif buyurdi / Foto: UzDaily.

Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — 2026 yil yanvar–oktyabr oylarida Özbekistonga turistik maqsadlarda 11,62 mln nafar xorijiy fuqaro taşrif buyurdi. Bu ötgan yilning şu davriga nisbatan 19,4 foizga köp. Bu haqda Milliy statistika qömitasi xabar berdi.

Idora ma’lumotlariga köra, 2025 yil yanvar–oktyabr oylariga nisbatan mamlakatga kelgan sayyohlar soni qariyb 1,9 mln nafarga oşgan.

Eng köp sayyoh Qirğizistondan kelgan — 3 180 403 nafar. Ikkinçi örinni 2 703 401 nafar körsatkiç bilan Qozoğiston egallagan. Tojikistondan esa 2 553 147 nafar fuqaro taşrif buyurgan.

Rossiyadan Özbekistonga 1 104 057 nafar kişi kelgan. Keyingi örinlarda Afğoniston — 432 651 nafar, Xitoy — 430 326 nafar va Turkmaniston — 289 933 nafar bilan qayd etilgan.

Turkiyadan 169 553 nafar, Hindistondan esa 64 344 nafar fuqaro Özbekistonga taşrif buyurgan.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.