Iqtisod

Özbekistonda çorva mollarini identifikatsiyalaş öğirlik va noqonuniy sotuvni qiyinlaştiradi

Özbekistonda çorva mollarini identifikatsiyalaş öğirlik va noqonuniy sotuvni qiyinlaştiradi
Özbekistonda çorva mollarini identifikatsiyalaş öğirlik va noqonuniy sotuvni qiyinlaştiradi / Foto: Surat sun'iy intellekti tomonidan yaratilgan.

Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekistonda qoramollarni identifikatsiyalaş orqali hayvonlarning kelib çiqişini kuzatiş, ularning salomatligini nazorat qiliş va noqonuniy sotilişining oldini oliş imkoni yaratiladi. Bu haqda Veterinariya va çorvaçilikni rivojlantiriş qömitasi xabar berdi.

Mamlakatda çorva mollarini röyxatga oliş va markirovkalaş işlari davom etmoqda. Hayvonlarni identifikatsiyalaş uçun tamğalaş, mikroçiplar va quloq birkalaridan foydalanilmoqda.

Tizim xavfli kasalliklar aniqlangan holatlarda hayvonning kelib çiqişini tezkor aniqlaş va u qaysi podalar bilan aloqada bölganini belgilaş imkonini beradi. Infeksiya tarqaliş xavfi yuzaga kelganda, bu zarar körgan hududlarda karantin çoralarini tezroq joriy etişga yordam beradi.

Röyxatga oliş mahsulotlarning kuzatuvçanligini ham ta’minlaydi. Iste’molçilar va qayta işlaş korxonalari xomaşyo qaysi xöjalikdan kelib tuşganini aniqlay oladi.

Bundan taşqari, veterinariya xizmatlari hayvonlarni davolaş va emlaş böyiça ma’lumotlar bazasini şakllantirişi mumkin böladi. Bu göşt tarkibida dori vositalarining qoldiq miqdorini nazorat qiliş va mahsulot xavfsizligini baholaş imkonini beradi.

Identifikatsiya hayvonlarning zoti, kelib çiqişi va mahsuldorligini hisobga olişga yordam beradi. Bunday ma’lumotlar sut va göşt yetiştiriş körsatkiçlari yuqori bölgan çorva mollarini tanlaş hamda naslçilik işlarini osonlaştiradi.

Röyxatga oliş hayvonlarning öğirlanişi va noqonuniy sotilişini ham qiyinlaştiradi, çunki hujjatlarda ularning egalari haqidagi ma’lumotlar körsatiladi.

Idora ma’lumotlariga köra, banklar va suğurta kompaniyalari kreditlar hamda suğurta polislarini faqat identifikatsiyadan ötkazilgan va röyxatga olingan çorva mollari uçun taqdim etadi.

Hayvonlarni röyxatga oliş çorvadorlar davlat imtiyozlari va subsidiyalarini olişi uçun ham majburiy şart hisoblanadi.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.