Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekistonda ta’lim taşkilotlarini davlat akkreditatsiyasidan ötkaziş uçun belgilangan bazaviy yiğimni kamaytiriş imkoniyatlari kengaytirildi.
Adliya vazirligi tomonidan röyxatdan ötkazilgan qöşimçalarga muvofiq, ta’lim taşkilotining murojaati asosida yiğim miqdori tört barobarga kamaytirilişi mumkin.
Özgartirişlar ta’lim taşkilotlarini kompleks va maxsus davlat akkreditatsiyasidan ötkaziş uçun yiğimlar miqdori hamda ularni hisoblaş tartibi töğrisidagi nizomga kiritildi. Hujjat 2026 yil 31 oktyabrda 3739-1-son bilan röyxatdan ötkazilgan.
Yiğimni kamaytiriş uçun beşta şartdan kamida bittasi mavjud bölişi kerak.
Birinçi asos — Özbekiston Prezidenti, Prezident Administratsiyasi rahbari yoki Vazirlar Mahkamasining hujjatlarida belgilangan topşiriqlarni bajariş uçun tegişli ta’lim dasturlarini akkreditatsiyadan ötkaziş zarurati.
Ikkinçi şart akkreditatsiya taşkilotlari reyestriga kiritilgan va Özbekistonda tan olinadigan taşkilotlar tomonidan amaldagi ta’lim dasturlarining kamida 50 foizi akkreditatsiyadan ötkazilgan ta’lim taşkilotlariga taalluqli. Bunda avval ötkazilgan akkreditatsiya natijalaridan foydalaniş orqali baholaş işlari hajmini qisqartiriş imkoniyati bölişi lozim.
Uçinçi asos — maxsus davlat akkreditatsiyasini masofaviy şaklda ötkaziş imkoniyati mavjudligi.
Törtinçi şart bir vaqtning özida 10 ta yoki undan ortiq ta’lim dasturini maxsus davlat akkreditatsiyasidan ötkaziş uçun ariza topşirişni nazarda tutadi.
Beşinçi asos bir neçta turdoş ta’lim dasturlari uçun umumiy bölgan moddiy-texnik, kadrlar yoki boşqa infratuzilmani qayta baholaş zarurati bölmagan hollarda akkreditatsiya işlarining haqiqiy hajmi qisqarişi bilan boğliq.
Şunday qilib, yangi qoidalar akkreditatsiya xususiyati, avval olingan baholaş natijalari va bajarilişi lozim bölgan işlarning haqiqiy hajmini hisobga olgan holda bazaviy yiğimni kamaytiriş imkonini beradi.