Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Farğona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov Xitoyning Çina Testing & Certification International Group Co., Ltd. (CTC) kompaniyasi delegatsiyasi bilan uçraşuv ötkazdi. Delegatsiyaga kompaniyaning xalqaro bölinmasi boş direktori Tyan Szufen boşçilik qildi. Tomonlar hududdagi investitsiya loyihalari va hamkorlikni kengaytiriş istiqbollarini muhokama qildi.
Muzokaralarning asosiy mavzularidan biri avvalgi uçraşuvlar davomida taklif etilgan taşabbuslarni amalda röyobga çiqariş böldi.
Iştirokçilar, şuningdek, Xitoy kompaniyasining tajribasini jalb qilgan holda yangi loyihalarni işlab çiqiş imkoniyatlarini körib çiqdi.
Jumladan, CTC kompaniyasining mahsulotlar sifatini nazorat qiliş, muvofiqlikni baholaş va xalqaro standartlar asosida sertifikatlaş sohasidagi salohiyatidan foydalaniş masalalari muhokama qilindi. Hamkorlikning istiqbolli yönalişlari quriliş materiallari va sanoat mahsulotlari işlab çiqariş, oziq-ovqat sanoati, qişloq xöjaligi, atrof-muhitni muhofaza qiliş hamda energetika sohalarini qamrab oladi.
Qöşma taşabbuslarni amalga oşiriş doirasida mahalliy mutaxassislarni tayyorlaş va yangi iş örinlarini yaratiş masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi.
Uçraşuvda Farğona viloyatida xorijiy investorlar uçun yaratilgan şart-şaroitlar va hududning sarmoya jalb etiş salohiyati ham qayd etildi.
Xayrullo Bozorov taklif etilgan taşabbuslarni qöllab-quvvatlaşga tayyorligini bildirib, ularni aniq investitsiya loyihalari şaklida puxta işlab çiqiş zarurligini ta’kidladi.
Muzokaralar yakunida tomonlar hamkorlikni rivojlantiriş böyiça keyingi qadamlarni kelişib oldi.