Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekiston va Singapur farmatsevtika, biotexnologiya, tibbiyot hamda ta’lim sohalarida qöşma loyihalarni amalga oşiriş istiqbollarini körib çiqdi. Muzokaralarni Tibbiyot va farmatsevtika tarmoğini rivojlantiriş agentligi direktori Abdulla Azizov Singapurning ilmiy va ta’lim muassasalari vakillari bilan ötkazdi.
Uçraşuv 2026 yil 29 oktyabr kuni bölib ötdi. Unda A*STAR agentligi vakili doktor I Çjen hamda Nanyan texnologik universiteti (NTU) professori Kerolayn Li iştirok etdi.
Tomonlar akademik hamkorlikni yölga qöyiş, qöşma ta’lim dasturlarini işga tuşiriş va ilmiy tadqiqotlar ötkaziş imkoniyatlarini muhokama qildi. Şuningdek, tajriba almaşiş, mutaxassislar tayyorlaş va aniq tibbiyot, genomika hamda bioinformatika sohalarida zamonaviy tadqiqot usullarini qöllaş masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Muzokaralardan söng Singapur delegatsiyasi vakillari BioPharma City klasteri infratuzilmasi va loyihalari bilan tanişdi. Ularga Özbekistonda farmatsevtika işlab çiqarişini rivojlantiriş, ilmiy tadqiqotlar va klinik işlanmalarni amalga oşiriş uçun yaratilayotgan imkoniyatlar ham taqdim etildi.
Bundan taşqari, delegatsiya Farmatsevtika texnik universitetiga (PTU) taşrif buyurib, uning ta’lim dasturlari va ilmiy faoliyat yönalişlari bilan tanişdi.
Uçraşuv davomida qöşma ta’lim va ilmiy loyihalarni tayyorlaş böyiça keyingi qadamlar, şuningdek, ikki mamlakat universitetlari va tadqiqot taşkilotlari örtasidagi aloqalarni rivojlantiriş masalalari ham muhokama qilindi.