7
Özbekiston

Özbekiston va Janubiy Koreya ayollar örtasidagi işbilarmonlik aloqalarini kengaytiradi

Özbekiston va Janubiy Koreya ayollar örtasidagi işbilarmonlik aloqalarini kengaytiradi
Özbekiston va Janubiy Koreya ayollar örtasidagi işbilarmonlik aloqalarini kengaytiradi / Foto: Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati matbuot xizmati.

Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekiston va Koreya Respublikasi ayol tadbirkorlar örtasidagi işbilarmonlik hamkorligini, jumladan, qöşma investitsiya va eksport loyihalarini kengaytiriş masalalarini muhokama qildi. Bu haqda Oliy Majlis Senati matbuot xizmati xabar berdi.

Uçraşuv Özbekiston parlament delegatsiyasining Janubiy Koreyaga rasmiy taşrifi doirasida bölib ötdi. Senat raisi Tanzila Norboyeva Janubiy Koreya Ayol tadbirkorlar assotsiatsiyasi rahbari Pak Çan Suk hamda biznes vakillari bilan muzokaralar ötkazdi.

Uçraşuv iştirokçilari qöşma loyihalarni amalga oşiriş, investitsiyalarni jalb qiliş va mahsulotlar eksportini kengaytiriş imkoniyatlarini körib çiqdi. Ayollar tadbirkorligini rivojlantiriş çora-tadbirlari ham alohida muhokama qilindi.

Pak Çan Suk Özbekistonda ayollarni biznes sohasida qöllab-quvvatlaşga qaratilgan islohotlarni e’tirof etib, respublika bilan hamkorlik qilişdan manfaatdor ekanini bildirdi. Uning sözlariga köra, özi rahbarlik qilayotgan assotsiatsiya qariyb 3,5 mln nafar ayol tadbirkorni birlaştiradi.

Janubiy Koreyaning The Skin, Sooho Global va Metal Heater Solution kompaniyalari vakillari kosmetika sanoati, eksport, marketing, suv ta’minoti hamda ekologik toza mahsulotlar işlab çiqariş sohalarida hamkorlikni yölga qöyişni taklif qildi.

Tomonlar ayol tadbirkorlar örtasida töğridan-töğri aloqalarni kengaytiriş imkoniyatlarini ham körib çiqdi. Boşqa hamkorlik yönalişlari qatorida qöşma ta’lim dasturlari va investitsiya loyihalari ham qayd etildi.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.