Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Farğona viloyati hokimligi va Janubiy Koreyaning Byucksan Corporation kompaniyasi quriliş materiallari işlab çiqariş sohasida investitsiya loyihasini amalga oşiriş böyiça hamkorlik memorandumini imzoladi. Bu haqda Farğona viloyati hokimligi xabar berdi.
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov kompaniyaning boşqaruv direktori Son Ju Kim boşçiligidagi delegatsiya bilan uçraşuv ötkazdi.
Uçraşuvda avval erişilgan kelişuvlarni amalga oşiriş böyiça amaliy qadamlar va loyihani tayyorlaş masalalari muhokama qilindi.
Hamkorlik böyiça dastlabki kelişuvlarga 2026 yil sentyabr oyida Farğona viloyati delegatsiyasining Janubiy Koreyaga taşrifi çoğida erişilgan edi. Öşanda viloyat vakillari Byucksan Corporation rahbariyati bilan muzokaralar ötkazgan.
1958 yilda taşkil etilgan kompaniya issiqlik izolyatsiyasi va energiya tejamkor quriliş materiallari, binolarning içki va taşqi pardozi uçun panellar, şuningdek, boşqa quriliş mahsulotlarini işlab çiqarişga ixtisoslaşgan.
Joriy uçraşuvda tomonlar kompaniyaning texnologiyalari va işlab çiqariş tajribasini Farğona viloyatida joriy etiş imkoniyatlarini körib çiqdi.
Muhokama qilingan yönalişlar qatorida mahalliy xomaşyodan foydalaniş, qöşilgan qiymati yuqori, raqobatbardoş va eksport salohiyatiga ega mahsulotlar işlab çiqarişni yölga qöyiş masalalari ham örin oldi.
Xayrullo Bozorov kompaniya tomonidan viloyatda amalga oşirilişi rejalaştirilayotgan loyihani qöllab-quvvatlaşini bildirdi.