Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Anqarada “Evyap Holding” kompaniyasi boşqaruv kengaşi a’zosi Ömer Evyapni qabul qildi.
Muloqot çoğida kompaniya rahbari Yangi Özbekistonda turk kompaniyalari uçun yaratilayotgan qulay şart-şaroit va taqdim etilayotgan keng imtiyozlar tufayli ularning soni yil sayin ösib borayotganini qayd etdi.
“Evyap Holding” kompaniyasi şaxsiy gigiyena va kosmetika mahsulotlari işlab çiqariş sohasidagi boy tajribasidan kelib çiqib, özaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytiriş va istiqbolli loyihalarni birgalikda amalga oşirişga tayyorligi bildirildi.
Uçraşuvda “OSTIM Global” Özbekiston – Turkiya sanoat zonasida yölga qöyilayotgan yangi loyihani jadallaştirişga kelişib olindi. Şuningdek, işlab çiqariş uçun zarur xomaşyoni mahalliylaştiriş imkoniyati atrofliça körib çiqildi.