Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekistonlik grossmeyster Javohir Sindarov AQŞning Sent-Luis şahrida bölib ötgan xalqaro Clutç Çess: Çampions Şowdown turniri ğolibi böldi. Musobaqa yakunida u 20,5 oçko jamğardi.
Turnirda, şuningdek, 19 oçko töplagan hindistonlik grossmeyster Rameşbabu Pragnanandha, 16,5 oçko bilan amerikalik Fabiano Karuana va musobaqani 12 oçko bilan yakunlagan uning hamyurti Xikaru Nakamura iştirok etdi.
Uç kun davomida Sindarov jahonning yetakçi grossmeysterlari bilan ğoliblik uçun kuraş olib bordi. Yakunda u eng yaqin ta’qibçisi — Pragnanandhadan 1,5 oçko oldinda böldi.
Turnirning umumiy mukofot jamğarmasi 425 ming dollarni taşkil etdi. Birinçi örin uçun Sindarov 125 ming dollar mukofot oldi. Bundan taşqari, iştirokçilarga ayrim partiyalardagi ğalabalar uçun qöşimça pul mukofotlari, çempion uçun esa djekpot ham belgilangan edi. Qöşimça bonuslar bilan birga Sindarov jami 125 ming dollar işlab topdi.
Clutç Çess: Çampions Şowdown turniri Sindarovning amaldagi jahon çempioni Gukeş Dommarajuga qarşi uçraşuv oldidan iştirok etgan sönggi musobaqasi böldi.