Özbekiston

Özbekiston Oliy sudi taqiqlangan internet-resurslar röyxatini yangiladi

Özbekiston Oliy sudi taqiqlangan internet-resurslar röyxatini yangiladi
Özbekiston Oliy sudi taqiqlangan internet-resurslar röyxatini yangiladi / Foto: Pixabay/IqbalStock.

Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekiston Respublikasi Oliy sudi sud tomonidan diniy ekstremizm, terrorizm va fundamentalizm ğoyalari bilan suğorilgan deb topilgan internet-resurslar hamda materiallarning yangilangan röyxatini e’lon qildi.

Özbekiston Respublikasi Oliy sudi ma’lum qilişiça, röyxat 2026 yil 3 noyabr holatiga köra tuzilgan.

Uşbu materiallarni Özbekiston hududiga olib kiriş taqiqlangan. Şuningdek, ularni tayyorlaş, saqlaş, tarqatiş va namoyiş etişga ham yöl qöyilmaydi.

Hujjatdan jami 2 mingdan ortiq pozitsiya örin olgan. Ularning eng köpi Telegram messenjeriga tegişli bölib, röyxatga 967 ta kanal, guruh va alohida naşr kiritilgan.

Instagram ijtimoiy tarmoğida 454 ta akkaunt, Facebook tarmoğida esa 276 ta sahifa va material taqiqlangan. YouTube videoxostingidagi 214 ta kanal va videolavha ham röyxatdan joy olgan.

Bundan taşqari, 68 ta pozitsiya TikTok, 44 tasi “Odnoklassniki” ijtimoiy tarmoğiga tegişli. Threads tarmoğidagi bitta sahifa ham röyxatga kiritilgan.

Alohida bölimda 13 ta sayt, veb-sahifa va ilova keltirilgan. Ular orasida Global Tahlil, hizb-uzbekiston.info, ixlos.org, najot.info, muhsinlar.net va Malhama Tactical saytlari bor.

Uşbu bölimga Play Market va App Store platformalarida joylaştirilgan Zaytun ilovasi hamda Dailymotion platformasidagi kanal ham kiritilgan.

«Boşqa manbalar» bölimida 20 ta pozitsiya sanab ötilgan. Ularning 15 tasi kitoblar, qolganlari esa qöşiqlar va ularning matnlari, şe’r hamda kitoblardan biri asosida tayyorlangan ma’ruzadan iborat.

Röyxatga kiritilgan materiallar özbek tilida lotin va kirill yozuvlarida, şuningdek, rus, arab va turk tillarida tarqatiladi.

Röyxatda çeçen tilidagi ma’ruzalar ham bor. Ayrim manbalarning nomlari arab yozuvida berilgani sababli ular hujjatda faqat havolalar orqali körsatilgan.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.