O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Iqtisod

Xizmatlar sohasi YAIMning 56,2 foizini shakllantirdi

UzDaily tahririyati · 08.07.2026 · 12:40 · 29 views
Xizmatlar sohasi YAIMning 56,2 foizini shakllantirdi

Xizmatlar sohasi YAIMning 56,2 foizini shakllantirdi

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Milliy statistika qo‘mitasining dastlabki maʼlumotlariga ko‘ra, 2026 yil yanvar–mart oylarida O‘zbekistonning yalpi ichki mahsuloti (YAIM) joriy narxlarda 447,9 trillion so‘mni tashkil etdi.

YAIM tarkibida iqtisodiyot tarmoqlarining yalpi qo‘shilgan qiymati 427,5 trillion so‘mga yetdi va iqtisodiyot umumiy hajmining 95,4 foizini tashkil qildi. Mahsulotlarga sof soliqlar hajmi esa 20,4 trillion so‘mni yoki YAIMning 4,6 foizini tashkil etdi.

Yalpi qo‘shilgan qiymatni shakllantirishda eng katta hissa xizmatlar sohasiga to‘g‘ri keldi. Ushbu soha hajmi 240,1 trillion so‘mni tashkil etib, yalpi qo‘shilgan qiymatning 56,2 foizini shakllantirdi.

Ikkinchi o‘rinni sanoat egalladi. Uning hajmi 124,9 trillion so‘mni tashkil etib, yalpi qo‘shilgan qiymatning 29,2 foiziga teng bo‘ldi.

Qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi ulushiga 36,2 trillion so‘m yoki 8,4 foiz to‘g‘ri keldi. Qurilish sohasi esa 26,4 trillion so‘m yoki yalpi qo‘shilgan qiymatning 6,2 foizini tashkil qildi.

Shu tariqa, xizmatlar sohasi O‘zbekiston iqtisodiyotining eng yirik tarmog‘i maqomini saqlab qolib, mamlakat yalpi qo‘shilgan qiymatining yarmidan ko‘prog‘ini shakllantirishda davom etmoqda.