O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Iqtisod

UzAuto Motorsga vaqtincha bosh direktor tayinlandi

Dilafro'z Niyazova · 11.01.2025 · 10:20 · 645 views
UzAuto Motorsga vaqtincha bosh direktor tayinlandi
UzAuto Motorsga vaqtincha bosh direktor tayinlandi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — UzAuto Motors kompaniyasiga vaqtincha bosh direktor tayinlandi.

Odiljon Bastamqulov UzAuto Motors kompaniyasining vaqtincha bosh direktori lavozimiga tayinlandi.

Bungacha Bastamqulov avtomobil oynalari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan "Avtooyna" kompaniyasiga rahbarlik qilgan.

Eslatib o‘tamiz, UzAuto Motors va UzAuto Motors Powertrain kompaniyalarining avvalgi bosh direktori Bo Anderson 2024-yil 27-dekabr kuni o‘z lavozimini tark etdi. U ushbu lavozimda 3 yil 4 oy davomida faoliyat yuritgan edi.