Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Uzagrostar Holding va Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) Özbekistonda naslli çorvaçilikni rivojlantiriş va agrar loyihalarni qöllab-quvvatlaş masalalarini muhokama qildi.
Uzagrostar Holding direktori F. Muxiddinovning GIZning «Özbekistonda yaşil iqtisodiyotni qöllab-quvvatlaş» loyihasi rahbari Korneliya Skokov bilan uçraşuvi kelgusi hamkorlik masalalariga bağişlandi.
Tomonlar naslli çorvaçilikni rivojlantiriş imkoniyatlarini körib çiqdi. Uçraşuv iştirokçilari naslli çorva mollarini nafaqat import qiliş, balki xalqaro tajribani hisobga olgan holda ularni ilmiy asosda parvarişlaş va köpaytirişni ham yölga qöyiş zarurligini ta’kidladi.
Avvalroq Uzagrostar Holding Germaniyaning Förster Livestock kompaniyasidan 163 boş qoramol hamda Avstriyaning Sçaap kompaniyasidan simmental zotli 150 boş qoramol olib kelgan edi. Hayvonlar aholi va fermer xöjaliklariga savdo ustamasisiz narxlarda topşirilgan.
Keyingi bosqiçda kompaniya naslçilik, sun’iy uruğlantiriş va distributsiya yönalişlarida Germaniyaning BVN Simmental va GGI-SPERMEX GmbH kompaniyalari bilan hamkorlikni yölga qöydi.
Uşbu kelişuvlar doirasida Özbekistonda naslli çorva mollari sonini köpaytiriş uçun sifatli uruğ materiallarini import qiliş rejalaştirilgan. Bundan taşqari, mamlakatning 50 nafar yetakçi veterinariya mutaxassisini malaka oşiriş uçun Germaniyaga yuboriş közda tutilgan.
Uçraşuvda uşbu taşabbuslarni GIZ bilan hamkorlikda amalga oşiriş imkoniyatlari ham muhokama qilindi.
Hamkorlikning alohida yönalişi Uzagrostar Holding tomonidan taşkil etilgan Buxoro – Agro Star va Mirzaçöl – Agro Star kompaniyalari loyihalari bilan boğliq. Ularni amalga oşiriş uçun GIZ tomonidan jami 250 ming yevro miqdorida grant mablağlari ajratilgan.
Loyihalar tomçilatib suğoriş tizimini joriy etiş, quyoş elektr stansiyalarini quriş, qovun quritişga möljallangan issiqxonalar va sovutkiçli omborxonalar taşkil etişni nazarda tutadi.
Uçraşuv yakunida tomonlar hamkorlikni davom ettiriş va kengaytirişga kelişib oldi.