Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekistonda qurilayotgan uy-joylardan xonadon sotib oluvçilar öz mablağlarining himoyasi böyiça qöşimça kafolatlarga ega bölişi mumkin.
Bu Senatning Byudjet va iqtisodiy masalalar qömitasida körib çiqilgan uluşli quriliş töğrisidagi qonunda nazarda tutilgan. Bu haqda Senat matbuot xizmati xabar berdi.
Hujjat köp kvartirali uylar va boşqa köçmas mulk obyektlarini quriş uçun fuqarolar hamda taşkilotlarning mablağlarini jalb qiliş qoidalarini belgilaydi. Uning asosiy maqsadi hali qurilişi tugallanmagan obyektlarga mablağ kiritayotgan uluşdorlarni şu bilan boğliq xavf-xatarlardan himoya qilişdan iborat.
Qonunga muvofiq, quriliş kompaniyalari xaridorlar mablağlarini faqat Yagona axborot tizimida röyxatdan ötganidan va uluşli iştirok etiş şartnomasini tuzganidan keyingina jalb qilişi mumkin böladi. Bunday şartnoma notarius tomonidan tasdiqlanişi va belgilangan tartibda röyxatdan ötkazilişi şart.
Xaridorlar tomonidan kiritilgan mablağlar vakolatli banklardagi maxsus eskrou hisobvaraqlarida saqlanadi. Quriliş kompaniyasi uşbu mablağlardan faqat obyektni uluşdorga topşirganidan keyin foydalaniş huquqiga ega böladi. Bu köçmas mulk qurilişi davrida xaridorlar mablağlarini quriliş kompaniyasining öz mablağlaridan ajratiş imkonini beradi.
Eskrou hisobvaraqlariga joylaştirilgan mablağlar hisobidan undiruv qaratilişi mumkin bölmaydi. Uşbu mablağlarga bank omonatlarini himoya qiliş kafolatlari ham tatbiq etiladi.
Qonunda tayyor uy-joyni topşiriş muddatlari ham belgilangan. Qurib bitkazilgan obyektdan foydalanişga ruxsatnoma olinganidan keyin quriliş kompaniyasi uni uç oydan keçiktirmay uluşdorlarga topşirişi şart böladi.
Bundan taşqari, binolarning konstruktiv elementlari uçun kafolat muddati kamida 10 yilni taşkil etişi kerak.
Senatorlar uluşli qurilişni davlat tomonidan tartibga solişni kuçaytiriş, şuningdek, köçmas mulkka mablağ kiritayotgan fuqarolar va taşkilotlarning huquqiy himoyasini ta’minlaş zarurligini ta’kidladi. Muhokama davomida uşbu sohada jamoatçilik nazoratini rivojlantiriş masalasi ham kötarildi.
Majlis yakunlari böyiça qömita tegişli qaror qabul qildi.