O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
O‘zbekiston

Turkiyadan O‘zbekistonga uch nafar qidiruvdagilar ekstraditsiya qilindi

UzDaily tahririyati · 23.07.2026 · 10:30 · 33 views
Turkiyadan O‘zbekistonga uch nafar qidiruvdagilar ekstraditsiya qilindi

Turkiyadan O‘zbekistonga uch nafar qidiruvdagilar ekstraditsiya qilindi

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Turkiyadan Interpol yo‘nalishi bo‘yicha xalqaro qidiruvda bo‘lgan uch nafar O‘zbekiston fuqarosi ekstraditsiya qilindi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Idora maʼlumotlariga ko‘ra, tezkor-qidiruv tadbirlari davomida Istanbul shahrida yashirinib yurgan qidiruvdagilarning turgan joyi aniqlangan. Barcha zarur tartib-taomillar amalga oshirilganidan so‘ng ular O‘zbekistonga ekstraditsiya qilingan.

O‘zbekistonga olib kelinganlar orasida jinsiy daxlsizlikka qarshi og‘ir jinoyat sodir etganlikda ayblanib, xalqaro qidiruvga berilgan Samarqand viloyatida tug‘ilgan 28 yoshli shaxs, firibgarlikda ayblanib qidiruvda bo‘lgan Buxoro viloyatida tug‘ilgan 34 yoshli shaxs, shuningdek ayniqsa ko‘p miqdordagi firibgarlikda ayblanayotgan Toshkent shahrida tug‘ilgan 50 yoshli shaxs bor.

IIV maʼlum qilishicha, ekstraditsiya qilingan shaxslar O‘zbekistonga olib kelinganidan keyin belgilangan tartibda vakolatli huquqni muhofaza qiluvchi organlarga topshirilgan.