O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
O‘zbekiston

Toshkent aeroportida qisqa muddatli elektr taʼminoti uzilishi yuz berdi

UzDaily · 06.01.2026 · 15:17 · 1871 views
Toshkent aeroportida qisqa muddatli elektr taʼminoti uzilishi yuz berdi
Toshkent aeroportida qisqa muddatli elektr taʼminoti uzilishi yuz berdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Bugun tunda Toshkent xalqaro aeroportida elektr taʼminotining qisqa muddatli qisman uzilishi qayd etildi, deb xabar berdi Uzbekistan Airports.

Aviakompaniya maʼlumotiga ko‘ra, mahalliy vaqt bilan soat 02:28 da “Qo‘yliq” podstansiyasidagi kichik nosozlik sabab kuchlanishda sakrash kuzatilib, aeroportning ayrim obyektlarida elektr taʼminoti vaqtincha o‘chgan. Hodisa havo kemalarini qabul qilish va jo‘natish jarayoniga taʼsir ko‘rsatmagan — barcha aviatsiya va yer usti xizmatlari odatiy tartibda ishlashda davom etgan.

Uchish va qo‘nish zallari tezkor ravishda dizel-generatorlar hamda uzluksiz quvvat manbalari (UPS) yordamida zaxira elektr taʼminotiga o‘tkazilgan. Elektr taʼminoti to‘liq tiklash ishlari soat 02:49 da yakunlangan.

Uzbekistan Airports yo‘lovchilardan vaqtinchalik noqulayliklar uchun uzr so‘rab, tushunish uchun minnatdorlik bildirdi hamda parvozlar xavfsizligi va reyslar muntazamligi to‘liq taʼminlanganini taʼkidladi.