7
Iqtisod

Toşkent viloyati Yaponiya bilan 63 mln dollarlik loyihalar böyiça kelişuvlarga erişdi

Toşkent viloyati Yaponiya bilan 63 mln dollarlik loyihalar böyiça kelişuvlarga erişdi
Toşkent viloyati Yaponiya bilan 63 mln dollarlik loyihalar böyiça kelişuvlarga erişdi / Foto: Toşkent viloyat hokimligi matbuot xizmati.

Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Toşkent viloyati Yaponiyalik hamkorlar bilan umumiy qiymati 63 mln dollarni taşkil etuvçi eksport şartnomalari va investitsiya loyihalari böyiça dastlabki kelişuvlarga erişdi. Bu haqda Toşkent viloyati hokimligi xabar berdi.

Kelişuvlar Tokio şahrida mintaqaning iqtisodiy salohiyati va investitsiya imkoniyatlariga bağişlab ötkazilgan biznes-forum doirasida erişildi. Tadbirda Toşkent viloyatidan 30 nafar tadbirkor hamda Yaponiya kompaniyalari va işbilarmon doiralarining 200 dan ortiq vakili iştirok etdi.

Forum davomida Özbekiston vakillari mamlakatda amalga oşirilayotgan islohotlar, siyosiy va makroiqtisodiy barqarorlik, xorijiy investorlar uçun kafolat va imtiyozlar haqida ma’lumot berdi. Şuningdek, ularning huquq va manfaatlarini himoya qiliş, biznes yuritiş uçun yaratilgan şart-şaroitlarga alohida e’tibor qaratildi.

Toşkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev, Özbekistonning Yaponiyadagi elçisi va delegatsiyaning boşqa vakillari mintaqa iqtisodiy imkoniyatlarini taqdim etdi. Sanoat, qişloq xöjaligi, turizm va boşqa tarmoqlar istiqbolli yönalişlar sifatida qayd etildi.

Iştirokçilarga işlab çiqariş infratuzilmasi, investitsiya kiritiş uçun taklif etilayotgan loyihalar, viloyatning eksport salohiyati va Yaponiya kompaniyalari bilan hamkorlik istiqbollari haqida ham ma’lumot berildi.

Forum doirasida viloyat hokimi va Yaponiya biznesi vakillari örtasida B2B va B2G formatlarida 50 dan ortiq uçraşuv ötkazildi. Tomonlar aniq loyihalar, savdo şartnomalari va investitsiyaviy hamkorlik mexanizmlarini muhokama qildi.

Muzokaralar yakunlariga köra, umumiy qiymati 11 mln dollarni taşkil etuvçi oltita eksport kelişuvi böyiça bitimlarga erişildi. Ular meva va quritilgan mevalar, IT mahsulotlari, qişloq xöjaligi hamda töqimaçilik tovarlarini yetkazib berişni qamrab oladi.

Bundan taşqari, Yaponiyaning yettita kompaniyasi bilan Toşkent viloyatida umumiy qiymati 52 mln dollarlik investitsiya loyihalarini amalga oşiriş böyiça hamkorlik masalalari işlab çiqilmoqda.

Hokimlik ma’lumotiga köra, Yaponiyaning 34 nafar investori va tadbirkori mintaqada istiqbolli loyihalarni amalga oşiriş imkoniyatlarini örganiş uçun Özbekistonga taşrif buyuriş istagini bildirgan.

Viloyat hokimligi forumni xalqaro iqtisodiy hamkorlikni kengaytiriş, Yaponiya kapitali va texnologiyalarini jalb qiliş, şuningdek, mahalliy mahsulotlar eksportini oşiriş yölidagi muhim qadam sifatida baholamoqda.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.